Faqat vivo V40 foydalanuvchilar uchun eksklyuziv sovg'alar va imkoniyatlar
1 oktyabr kuni. 2024 yil

1. 2 yillik kafolat;
Karta egasiga ishlab chiqaruvchining kafolat talonida ko'rsatilgan shartlarga teng ravishda qo'shimcha 1 yillik kafolat taqdim etiladi.
2. 6 oy ichida singan ekranni bepul almashtirish;
Xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida mexanik shikastlangan ekranni bir martalik bepul almashtirish.
3. Vaqtinchalik foydalanish uchun smartfon;
Ta'mirlash ishlari vaqtida Foydalanuvchi vaqtinchalik foydalanish uchun o'xshash klassifikatsiyadagi (V seriyali) smartfonni olish huquqiga ega. Mazkur imkoniyat ikki yil davomida amal qiladi.
4. Orqa korpusni bepul almashtirish imkoniyati;
Sotib olingan kunidan boshlab vivo V40 foydalanuvchilari telefonning orqa korpusini ushbu qatorda ko'rsatilgan har qanday rangga o'zgartirish uchun noyob imkoniyatga ega bo`ladilar. Ushbu imkoniyat rasmiy xizmat ko'rsatish markazlarida taqdim etiladi.
5. Smartfon batareyasini almashtirish imkoniyati;
vivo V40 sotib olingan kunidan boshlab 2 yil davomida xaridor xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilib, batareyani bir marotaba bepul almashtirishi mumkin.
6. Foydalanuvchilar uchun sovg'alar;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida ikki yil ichida Foydalanuvchi har 2 oyda bir marta o'z smartfoni uchun bepul g'ilof va himoya plyonkasini olish va diagnostika xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
7. Aksessuarlar uchun eksklyuziv chegirmalar;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida ikki yil ichida Foydalanuvchi vivo rasmiy servis markazlarida eksklyuziv 35% chegirma bilan aksessuarlar xarid qilish huquqiga ega. Agar ushbu aksiya Foydalanuvchining yashash joyida amal qilmasa, mijoz ushbu xizmatni vivo qo'llab-quvvatlash xizmati orqali so'rashi mumkin: +998 55 503 20 20