vivo

Bosh sahifa

>

Maxfiylik siyosati

vivo Maxfiylik siyosati

2020-yil, 15-dekabr

Xush kelibsiz! vivo Mobile Communication Co., Ltd. ("vivo", "biz" yoki "bizga") shaxsiy maʼlumotlaringizni hurmat qiladi va barcha majburiy talablarni bajaradi. Bu Maxfiylik siyosati (bundan keyin "Maxfiylik siyosati" deb yuritiladi) amaldagi axborotni muhofaza qilish qonunlariga amal qilish maqsadida vivo.com, vivoglobal.com va vivo kompaniyasining boshqa veb-saytlari bilan ishlaganingizda yoki mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz ilovalarimiz, funskiyalarimiz yoki vivo kompaniyasining boshqa raqamli mahsulotlaridan foydalanganingizda (masalan, vivoCloud, vivo foydalanuvchi taassurotini yaxshilash dasturi) va ushbu Maxfiylik siyosati nashr qilinishi mumkin boʻlgan boshqa joylar (birgalikda "Xizmatlar") bilan munosabatga kirishganingizda shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimizni tushuntiradi. Xavfsizlik amaliyotlarimizni diqqat bilan tanishib chiqing va agar qandaydir savollaringiz boʻlsa, Bizga murojaat qiling.


1. Shartlar va tavsiflar

Axborot boshqaruvchisi – bu shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilaydigan yuridik shaxsdir (yakka oʻzi yoki boshqalar bilan birgalikda). vivo, agar qonun bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, maʼlumotlar boshqaruvchisi hisoblanadi.

Shaxsiy maʼlumotlar identifikatsiya qilingan yoki identifikatsiya qilish mumkin boʻlgan jismoniy shaxsga ("ma’lumotlar subyekti") oid axborotni bildiradi. Identifikatsiya qilish mumkin boʻlgan jismoniy shaxs – bu bevosita yoki bilvosita, xususan, oʻsha shaxsning ismi, identifikatsiya raqami, joylashuv maʼlumotlari, onlayn identifikatori yoki jismoniy, fiziologik, genetik, aqliy, iqtisodiy, madaniy yoki ijtimoiy oʻziga xosligi kabi identifikatorlar orqali aniqlanishi mumkin boʻlgan shaxsdir; Siz (Xizmatlardan foydalanuvchi yoki tashrif buyuruvchi) maʼlumotlar subyekti hisoblanasiz.

Xalqaro uzatish shaxsiy maʼlumotlarni chet davlat hududiga, chet davlatning davlat hokimiyati organiga, chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxsga uzatishni anglatadi.

2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qonuniy asoslar

vivo shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat buni amalga oshirish uchun qonuniy asoslar boʻlgan taqdirda qayta ishlaydi. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:

(a) Rozilik berish: Siz shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashga roziligingizni berdingiz.

(b) Qonuniy majburiyatlar: Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash amaldagi qonunlar tomonidan talab qilinadi yoki ruxsat etiladi yoki shubhali noqonuniy faoliyat, jiddiy qonunbuzarlik, sud jarayoni yoxud qonunni qoʻllashga aloqador boʻladi.

(c) Qonuniy manfaatlar: Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash qonuniy manfaatlarimiz maqsadlari uchun zarurdir. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz qonuniy manfaatlarimizga va bir qator vaziyatlarda asosli kutishlaringizga muvofiq keladi, deb ishonamiz, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:

· Mijozlarimizni yaxshiroq tushunishimizga va ularga yaxshilangan va yanada mos keladigan xizmatlarni taqdim etishga yordam berish uchun;

· Xizmatlarimiz muammosiz ishlashini taʼminlash uchun;

· Tizimlarimizni xavfsiz saqlashga va ruxsatsiz kirish yoki kiber hujumlarning oldini olishga yordam berish uchun;

· Biz, har qanday filialimiz, biznes hamkor yoki mijozlarimizning huquqlari, mulki yoki xavfsizligini himoyalash uchun

· Shaxsiy maʼlumotlarni anonimlashtirish (masalan, tadqiqot va statistik maqsadlar uchun) va

· Sizga nisbatan biror salbiy nuqtai nazardan kelib chiqmaydigan tijorat qiymatini aksiyadorlarimiz manfaati uchun oshirish.


3. Biz oladigan axborotlar

(a) Registratsiya va hisob haqidagi axborot: Siz Xizmatlarimizdan kimligingizni aytmasdan yoki oʻzingiz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmasdan foydalanishingiz mumkin. Agar bizda hisob ochishni tanlasangiz (vivo Hisobi yoki vivo kompaniyasida mavjud boʻlgan hisob), biz sizdan foydalanuvchi nomi va parol yaratishingizni talab qilamiz. Sizdan registratsiya davomida shaxsiy ma’lumotlaringizni berishingiz soʻraladi va bunday shaxsiy ma’lumotlar biz uchun anonim hisoblanmaydi. Yangi hisob yaratganingizda yoki Xizmatlarimizdan boshqa yoʻl bilan foydalanganingizda siz ism, jins, email manzili, telefon raqami va boshqa muhim axborotlar kabi shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar amaldagi qonunlar tomonidan talab qilinsa yoki ruxsat berilgan boʻlsa, biz tekshirish maqsadlarida sizdan identifikatsiya axborotini taqdim etishingizni soʻrashimiz mumkin. Agar hisobingiz orqali mahsulot va xizmatlarni xarid qilishingiz kerak boʻlsa, toʻlovga aloqador axborot talab qilinadi. Kafolat muddatini faollashtirish yoki uzaytirish yoki boshqa qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishingiz kerak boʻlganida, E-kafolat taloni funksiyasidan foydalanishingiz mumkin va ismingiz, kontakt axborotini taqdim etish talab qilinishi mumkin.

(b) Soʻrovlaringizga javob berish uchun axborot: Biz sizning savol va soʻrovlaringizga (huquqlaringizdan foydalanish, mijozlarga yordam xizmatidan foydalanish yoki boshqa shaklda) javob bera olishimiz uchun bizga shaxsiy maʼlumotlaringizni, jumladan, identifikatsiya axboroti, kontakt axborotingiz hamda siz soʻrayotgan Xizmatlarni berishingiz mumkin. Xodimlarimiz bilan muloqot qilganingizda, muloqotlar tizimlarimiz orqali uzatiladi.

(c) Mahsulot va xizmatlarni xarid qilish haqidagi axborot: Agar mahsulot yoki xizmatlarni onlayn xarid qilsangiz, bizga ism, manzil, kontakt axboroti, qaytarish/almashtirish axboroti va yetkazib berish/toʻlov axborotingiz kerak boʻlishi mumkin.

(d) Mobil qurilmalar va qurilma maʼlumotlari haqidagi axborot: Agar siz Xizmatlarimizga mobil qurilma orqali kirsangiz, biz sizdan qoʻshimcha maʼlumotlar olishimiz mumkin, masalan, qurilmangizning mamlakat yoki mintaqa kodi, IMEI (Xalqaro mobil qurilma identifikatsiyasi), eMMC ID (oʻrnatilgan multimedia kartasi), GAID (Google reklama ID), GUID, UUID, UFS ID (universal flesh xotira), SIM va IMSI (Xalqaro mobil abonent identifikatori) yoki qurilmaning boshqa unikal identifikatori, qurilma moduli, qurilmangizning operatsion tizimi haqidagi versiya yoki boshqa axborotlar, CPU haqidagi axborot, saqlash holati, ekranning konfiguratsiyasi va parametrlari, IP manzili, MAC manzili, uyali aloqa operatori, pochta indeksi, til va boshqa sozlamalar, joylashuv yoki GPS/geo-joylashuv, ilovalar haqidagi axborot va siz foydalanadigan mobil qurilmaga tegishli boshqa axborotlar.

(e) Jurnal axboroti: Xizmatlarimizga kirganingizda yoki ulardan foydalanganingizda Xizmatlardan foydalanishingiz vaqti va davomiyligi, Xizmatlar orqali kiritilgan qidiruv soʻrovi jumlalari, Xizmatlardan foydalanishingiz yoki ulardan foydalanishingizdagi xatoga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan jurnallar hamda Xizmatlarga aloqador boshqa foydalanish jurnali kabi Xizmatlarga kiruvchilar soni va Xizmatlardan qachon va qanday foydalanayotganingizni bizga aytuvchi ("Foydalanish haqidagi axborot") biz kompyuteringiz, mobil yoki boshqa kirish qurilmangiz tomonidan bizga yuborilgan foydalanish haqidagi axborotni olishimiz mumkin. Biz maʼlumotlarning olinishiga ruxsatingizni tasdiqlash hamda shaxsiy maʼlumotlaringizni ruxsatsiz olishimizning oldini olish uchun maxfiylik shartlarimiz uchun roziligingiz qaydini 5 yil saqlaymiz; biz qayta ishlash holatini kuzatish va aloqador muammolarning kutilganidek hal qilinishiga yordam berish uchun huquqlaringizga oid shikoyatlar qaydini 5 yil saqlaymiz.

(f) Boshqa manbalardan axborotlar: Biz oladigan axborotlar omma uchun ochiq boʻlgan axborotlar, ijtimoiy tarmoqlar kabi manbalardan qonuniy asosda olingan tashqi qaydlar (masalan, demografik axborot, navigatsiya axboroti, qoʻshimcha kontakt axboroti) bilan birlashtirilishi mumkin. vivo shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat shu yoʻl bilan qonuniy asoslar mavjud boʻlganda qayta ishlaydi.

(g) Boshqa axborotlar: Ayrim Xizmatlardan foydalanganingizda bunday Xizmatlar aaxborotlaringizdan aniq foydalanishni talab qilishi mumkin, biz bunday axborotlarni alohida shartlarda, kelishuvlarda yoki maxfiylik siyosatlarida keltiramiz va bunday maʼlumotlarni shular bilan muvofiq holda yoki tegishli holatlarda roziligingiz bilan olamiz, qayta ishlaymiz, foydalanamiz yoki uzatamiz.

Umuman, biz sizdan oʻta shaxsiy maʼlumotlarni, yaʼni irqiy yoki etnik kelib chiqishi, siyosiy qarashlari, diniy yoki falsafiy eʼtiqodlari, jinoiy yozuvlar, kasaba uyushmasi yoki professional assotsiatsiyaga aʼzoligi, jismoniy shaxsni unikal aniqlash uchun genetik va biometrik maʼlumotlar hamda salomatlikka oid maʼlumotlar yoki jismoniy shaxsning jinsiy hayoti yoki jinsiy oriyentatsiyasi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qiluvchi shaxsiy maʼlumotlarni soʻramaymiz. Lekin, agar biz boshqa holatlarda oʻta shaxsiy maʼlumotlarni (masalan, yuz funksiyasi, barmoq izi funksiyasi, ovoz yozuvi, yurak urish tezligi, qadamlar soni va boshqalar) olishimiz yoki qayta ishlashimiz kerak boʻlsa, biz buni sizning roziligingiz asosida yoki bizdan qonun bilan talab qilinadigan yoki ruxsat berilgan holatlarda qilamiz.


4. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning maqsadlari

vivo quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlaydi:

(a) Xizmatlarimizni boshqarish uchun: Biz olingan shaxsiy maʼlumotlarni quyidagi maqsadlar uchun qayta ishlaymiz: (i) barcha xizmatlarimiz, mahsulotlarimiz, kontentlarimiz va reklamalarimizni taqdim etish, saqlash, yaxshilash, himoya qilish va rivojlantirish uchun; (ii) dasturiy yangilanishlarimiz, yangilangan siyosatlar yoki biz siz uchun muhim boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan boshqa axborotlar haqida sizga xabar yuborish; (iii) yaxshiroq xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etish uchun xizmatlarimiz va mahsulotlarimizdan foydalanish haqidagi maʼlumotlar va axborotlarni tahlil qilish va ishlab chiqish; (iv) qurilmangiz, xizmatlaringiz yoki har qanday savol va soʻrovlaringiz haqida siz bilan muloqot qilish; (v) yutuqli musobaqalar, tanlovlar yoki shunga oʻxshash boshqa tadbirlar kabi promoaksiya tadbirlarini boshqarish; (vi) sotishdan keyingi va mijozlarga yordam boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish; (vii) dastur muvofiqligini baholash, moslangan mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etish.

(b) Shaxsiy boʻlmagan foydalanish haqidagi axborotlarni tahlil qilish va jamlash uchun: Biz foydalanuvchilarimiz haqida jamlangan va anonimlashtirilgan foydalanish haqidagi axborotlardan, texnik foydalanish maʼlumotlari va shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlardan Xizmatlarni tahlil qilish va jamlangan hisobotlarni tayyorlash uchun, masalan, mijozlarimizga yanada yaxshi mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanamiz.

(c) Mahsulotlarimizdan qanday foydalanishingizni tushunish uchun: Biz talab qilinganida, alohida roziligingiz bilan mahsulot va xizmatlarimiz haqidagi fikrlaringizni mahsulot/xizmatlarimizdan qanday foydalanishni tushunishingizni soʻrashimiz mumkin.

(d) Marketing: Biz sizga faqat bunday xabarlarni olishingizga oldindan aniq rozilik bildirgan marketing, reklama yoki promoaksiya materiallarini yuboramiz. Biz har bir elektron marketing xabarlarida bunday xabarlarni bekor qilish imkonini beradigan havola mavjudligini taʼminlaymiz.

(e) Savdo va mijozlarga yordam xizmati: Biz mahsulot va xizmatlarga buyurtma berish, yetkazib berish, qaytarish/almashtirish, pulni qaytarish, sharhlash va invoys uchun maʼlumotlardan (jumladan, shaxsiy maʼlumotlaringizdan) foydalanishimiz mumkin.

(f) Hisobni boshqarish: Biz hisobingizni registratsiya qilish va yopish, qaydlarimizni saqlash va yangilash hamda Xizmatlarimizga aloqador oʻxshash faoliyatlar uchun maʼlumotlardan (jumladan, shaxsiy maʼlumotlaringizdan) foydalanishimiz mumkin.

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizsiz ularni bajara olmaymiz. Masalan, biz siz bilan aloqaga chiqa olmaymiz va soʻrovlaringizni hal qila olmaymiz.


5. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash yoʻllari

Biz shaxsiy maʼlumotlaringiz ustidan avtomatik boʻlmagan qayta ishlash vositalaridan foydalangan holda quyidagi amallarni bajaramiz: shaxsiy maʼlumotlarni olish, yozib olish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, oʻzgartirish (yangilash, kichik oʻzgartirish), tiklash, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirish), egasiz qilish, bloklash va oʻchirib tashlash (yoʻq qilish). Odatda, biz maʼlumotlarni qayta ishlashda "profillash" kabi avtomatik vositalardan foydalanmaymiz. Agar biz boshqa holatlarda bunday avtomatik qayta ishlashni amalga oshirishimiz kerak boʻlsa, aniq roziligingizni olganimizdan keyin shunday qilamiz.

Bizdan bunday qayta ishlash tegishli xavfsizlik choralariga, jumladan, shaxsiy maʼlumotlarning aniqligi, toʻliqligi, dolzarbligi va muvofiqligi hamda siz haqingizda shaxsiy maʼlumotlarga kirish va tuzatish huquqlaringizni taʼminlash uchun oqilona choralar koʻrilishini taʼminlashimiz kerak.

6. Saqlash muddati

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni olinish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlguncha qayta ishlaymiz. Biz siz haqingizdagi shaxsiy maʼlumotlar saqlash muddatini aniqlash uchun quyidagi mezonlarga asoslanamiz:

(a) Sizga xizmatni taqim etish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish muddati;

(b) Siz bilan tuzilgan shartnoma yuzasidan soʻrov yoki majburiyatlaringiz;

(c) Normativ yoki qonuniy majburiyat.

Shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlash ortiq kerak boʻlmaganda yoki hisob yoki roziligingizni bekor qilsangiz, biz siz haqingizda saqlaydigan tegishli shaxsiy maʼlumotlarni tizimlarimizdan oʻchirib tashlaymiz. Shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqa qonuniy asoslarda qayta ishlashga haqli (yoki majbur) boʻlgan holatlar bundan mustasno (masalan, jamoatchilik manfaati uchun arxivlash maqsadlarida yoki ilmiy yoki tarixiy tadqiqot maqsadlari uchun). Saqlash muddati tugashi bilan biz shaxsiy maʼlumotlaringizni butunlay oʻchirib tashlashga harakat qilsak ham, ayrim shaxsiy maʼlumotlaringiz tizimimizda saqlanib qolishi mumkin, masalan, agar u qayta yozilishini kutayotgan boʻlsa. Bizning maqsadlarimiz uchun bunday maʼlumotlar foydalanishdan chiqariladi, yaʼni u elektron efirda mavjud boʻlsa ham, xodimlarimiz unga kirish huquqiga ega boʻlmaydi yoki undan qayta foydalana olmaydi.


7. vivo shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday ulashadi

Shaxsiy maʼlumotlar quyidagilarga yuborilishi mumkin:

(a) vivo taʼsiri ostidagi shaxslar. Biz siz haqingizda olingan shaxsiy maʼlumotlarni vivo guruhidagi kompaniyalar va ularning filiallari va shuʼbalariga yuborishimiz mumkin. vivo taʼsiri ostidagi shaxslar shaxsiy maʼlumotlarni ushbu Maxfiylik siyosatida keltirilgan asoslarda qayta ishlashi mumkin.

(b) Vakolatli hamkorlar. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni vivo vakolatli hamkorlariga oshkor qilishimiz mumkin, jumladan: operatorlar, distribyutorlar va savdo boʻyicha hamkorlar, reklama kompaniyalari, tadqiqot kompaniyalari, uchinchi tomon maʼlumotlar xizmati provayderlari (yaʼni bizning maʼlumotlarni qayta ishlovchilar), yukni yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari, onlayn xizmat provayderlari, proksi agentliklari, elektron tijorat platformalari, uchinchi tomon ilova xizmatlari, professional maslahatchilar (masalan, advokatlar, buxgalterlar va auditorlar), sugʻurtalovchilar va tergovchilar. Biz registratsiya qilingan axborotlarni va aloqador uchinchi tomonlarning maʼlumotlar bilan ishlashi tafsilotlarini muayyan xizmatning Maxfiylik shartlarida keltiramiz. Biz vakolatli hamkorlardan amaldagi axborotni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishlarini va maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun zarur va oqilona choralarni koʻrishlarini talab qilamiz. vivo hech qachon vakolatli uchinchi tomonga shaxsiy maʼlumotlaringizdan ushbu Maxfiylik siyosatidan boshqa maqsadlarda foydalanishiga ruxsat bermaydi.

(c) Huquq va huquqni muhofaza qilish. Bizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni mahalliy sud yoki hukumat organlari, agentliklar yoki amaldagi qonunlarga muvofiq oshkor qilishimiz talab qilinishi mumkin.

(d) Boshqaruvni oʻzgartirish – Yangi egalar. Istalgan haqiqiy yoki ehtimoliy qoʻshilish, qayta qurish yoki bankrotlik holatida, vivo shaxsiy maʼlumotlaringizni tegishli uchinchi tomonlarga roziligingizsiz taqdim etishi mumkin.

Shaxsiy maʼlumotlaringizni vivo taʼsiri ostidagi shaxslar, vakolatli hamkorlar va yangi egalarga yuborishda biz ulardan biz taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni ishonchli saqlashlarini talab qilamiz va barcha bunday yuridik shaxslar shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash uchun biz bilan shartnoma asosida javobgar hisoblanadilar.

8. Huquqlaringiz

Siz maʼlumotlar subyekti sifatida tegishli maʼlumotlarni himoyalash qonunchiligi bilan muvofiq holda shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan boshqa huquqlarga egasiz. Mazkur maxfiylik siyosatining Biz bilan aloqa boʻlimida keltirilgan privacy@vivo.commanziliga soʻrov yuborib, shaxsiy maʼlumotlaringizga kirishingiz, uni tuzatish, bloklash yoki oʻchirib tashlashni talab qilishingiz mumkin. Lekin, biz hech qachon siz taqdim etgan axborotlarning toʻgʻriligi/ishonchliligi uchun javobgar boʻlmaymiz/hisoblanmaymiz. Unutmang, siz koʻtargan har qanday muammolaringizni hal qilishda yordam berish uchun biz xabarlaringiz qaydini saqlashimiz mumkin.

Siz shaxsiy maʼlumotlaringizga aloqador quyidagi huquqlarga egasiz:

A. E’tiroz bildirish huquqi

Mazkur huquq sizga quyidagi sabablardan biriga koʻra shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga qarshi eʼtiroz bildirishingizga imkon beradi:

· chunki, bu bizning qonuniy manfaatlarimizga muvofiq boʻlsa;

· jamoat manfaatlarini koʻzlagan holda biror vazifani bajarish yoki rasmiy vakolatni amalga oshirish uchun;

· sizga bevosita marketing materiallarini yuborish uchun; yoki

· ilmiy, tarixiy, tadqiqot yoki statistik maqsadlar uchun.


B. Rozilikni bekor qilish huquqi

Muayyan faoliyatlar (masalan, marketing uchun) uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashga roziligingizni olganimizda, siz qurilmangizda Sozlamalarga kirib yoki bizga murojaat qilib, istalgan vaqtda rozilikni bekor qilishingiz mumkin va agar shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashda davom etishimiz uchun muqobil qonuniy asos mavjud deb hisoblamasak (bu holatda sizga ushbu asos haqida xabar qilamiz), biz shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishni toʻxtatamiz.

Siz istalgan paytda kelajakda amal qiluvchi shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashga roziligingizni bekor qilish huquqiga egasiz. Buni amalga oshirish uchun bekor qilish haqida soʻrovingizni privacy@vivo.com manziliga yuboring. Shaxsiy maʼlumotlaringiz bekor qilish haqidagi soʻrovingiz olinganidan keyin muayyan vaqt ichida oʻchirib tashlanadi. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqa qonuniy asoslarda qayta ishlashda davom etish huquqiga ega boʻlsak (yoki majburiyatimiz boʻlsa), shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashda davom etishimiz mumkinligiga eʼtiboringizni qaratamiz.

C. Maʼlumotlar subyekti kirish soʻrovlari

Siz bizdan istalgan vaqtda siz haqingizda bizda mavjud maʼlumotlarning nusxasini soʻrashingiz mumkin va bizdan bunday axborotlarni oʻzgartirish, yangilash yoki oʻchirib tashlashni soʻrashingiz mumkin. Bundan tashqari, siz quyidagi axborotlarga kirish huquqiga egasiz:

· shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash maqsadlari;

· mos shaxsiy ma’lumotlarning turkumlari;

· shaxsiy ma’lumotlarning qabul qiluvchilari yoki qabul qiluvchilarning turkumlari;

· shaxsiy maʼlumotlarni saqlash uchun koʻzda tutilgan muddat yoki shu muddatni aniqlash uchun foydalaniladigan mezonlar;

· bizdan shaxsiy maʼlumotlarning tuzatilishini yoki oʻchirib tashlanishini talab qilish, siz haqingizdagi shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni cheklash yoki bunday qayta ishlashga eʼtiroz bildirish huquqining mavjudligi;

· nazorat organiga shikoyat qilish huquqi;

· shaxsiy maʼlumotlar sizdan olinmagan holatlarda, ularning manbalariga oid har qanday axborot;

· avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish, jumladan, profillashning mavjudligi;

· agar shaxsiy maʼlumotlar uchinchi mamlakatga yoki xalqaro tashkilotga uzatilsa, uzatishlarga aloqador tegishli choralar koʻriladi.


Agar biz siz haqingizda bizdagi maʼlumotlarga kirish huquqini taqdim qilsak, qonun orqali ruxsat berilmasa, sizdan haq olmaymiz. Agar siz bizdan ushbu axborotlarning boshqa nusxalarini talab qilsangiz, biz sizdan maʼmuriy xarajatlar uchun haq olishimiz mumkin. Qonuniy bunday qilishimiz uchun ruxsat berilgan holatlarda biz soʻrovingizni rad etishimiz mumkin. Agar soʻrovingizni rad etsak, biz doimo buning sabablarini aytamiz.

D. Oʻchirib tashlash huquqi

Siz muayyan holatlarda shaxsiy maʼlumotlaringizni "oʻchirib tashlashni" talab qilish huquqiga egasiz. Odatda, ushbu huquq quyidagi hollarda mavjud boʻladi:

· Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash endi biz uchun kerak emas;

· Siz shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishimiz uchun bergan roziligingizni bekor qildingiz va davom etishimiz uchun boshqa biror sabab yoʻq;

· Shaxsiy maʼlumotlar noqonuniy ravishda qayta ishlangan;

· Qonunlarga muvofiq majburiyatlarimizni bajarishimiz uchun shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib tashlash kerak; yoki

· Siz qayta ishlashga eʼtiroz bildirasiz va biz qonuniy asoslarga rioya qilmagan holda qayta ishlashda davom eta olmaymiz.


Biz cheklangan holatlarda oʻchirib tashlash uchun soʻrovingizni qondirishni rad etish huquqiga ega boʻlamiz va biz doimo buning sababini aytamiz. Shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib tashlash boʻyicha yaroqli soʻrovni bajarishda biz tegishli shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib tashlash uchun barcha amaliy choralarni koʻramiz.

E. Qayta ishlashni cheklash huquqi

Muayyan holatlarda, masalan, siz haqingizda bizdagi shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligiga eʼtiroz bildirsangiz yoki shaxsiy maʼlumotlaringizni qonuniy manfaatlarimiz uchun qayta ishlashimizga qarshi boʻlsangiz, shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashni cheklashimizni talab qilishga haqlisiz. Agar biz shaxsiy maʼlumotlaringizni uchinchi tomonga yuborsak, agar buning iloji boʻlmasa yoki nomutanosib harakatlar talab qilinmasa, biz ularga cheklangan qayta ishlash haqida xabar beramiz. Albatta, shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashga qoʻyilgan har qanday cheklovlarni olib tashlashdan avval, biz sizni xabardor qilamiz.

F. Tuzatish huquqi

Siz haqingizda bizdagi har qanday xato yoki toʻliq boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni tuzatishni talab qilish huquqiga egasiz. Agar biz bu shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi tomonga yuborsak, agar buning iloji boʻlmasa yoki nomutanosib harakatlar talab qilinmasa, biz ularga tuzatish haqida xabar beramiz. Shuningdek, biz xato yoki toʻliq boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilgan uchinchi tomonlarning tafsilotlarini talab qilishingiz mumkin. Biz soʻrovingizni qoniqtirmaslik toʻgʻri deb hisoblagan holatlarda ushbu qarorning sabablarini tushuntiramiz.

G. Maʼlumotni koʻchirish huquqi

Siz shaxsiy maʼlumotlaringizni xizmat koʻrsatuvchi provayderlar orasida uzatish huquqiga egasiz, agar quyidagi shartlar bajarilsa: 1) shaxsiy maʼlumotlar avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlanadi; 2) shaxsiy maʼlumotlar bizga maʼlumotlarning subyektlari tomonidan taqdim etilgan; 3) qayta ishlash uchun asos – rozilik yoki shartnomani bajarish yoki shartnomani tayyorlash bosqichi uchun qayta ishlanayotgan maʼlumotlar. Aslida, bu siz haqingizda bizdagi maʼlumotlarni boshqa uchinchi tomonga uzatishingiz mumkinligini bildiradi. Bunga imkon berish maqsadida shaxsiy maʼlumotlarni uzata olishingiz uchun biz sizga shaxsiy maʼlumotlaringizni odatdagi oʻqisa boʻladigan formatda taqdim etamiz. Bunga muqobil ravishda, biz siz uchun shaxsiy maʼlumotlarni bevosita uzatishimiz mumkin.

H. Shikoyat qilish huquqi

Sizda·tegishli nazorat organiga shikoyat qilish huquqi mavjud.

Unutmang, biz huquqlaringizning bajarilishi haqida axborot olamiz va saqlaymiz, masalan, ushbu maxfiylik shartlariga roziligingiz va bekor qilishingiz hamda ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq sizdan olingan maʼlumotlarni oʻchirib tashlash haqidagi soʻrovingiz.

9. Cookie-fayllar

Biz muayyan dastur yoki funksiyalardan foydalanganingizda kuzatuv texnologiyalaridan (masalan, qurilmaning unikal identifikatorlari, URL manzil refereri va qurilmalaringizning joylashuv axboroti) foydalanishimiz mumkin. Onlayn taassurotingizni yaxshilash va xizmatimizni sizga moslashtirish uchun qanday qilib ayrim texnologiyalardan foydalanishimiz haqida axborot olish uchun alohida Cookie-fayllar siyosatimizga qarang.

10. Uchinchi tomon havolalari

Xizmatlarimizda uchinchi tomon veb-saytlari, mahsulotlari va xizmatlarining havolalarini boʻlishi yoki uchinchi tomonning mahsulot yoki xizmatlaridan foydalanishi yoxud taklif qilishi mumkin. Uchinchi tomonlar tomonidan olingan axborotlar ularning maxfiylik amaliyoti orqali boshqariladi. Sizga mazkur uchinchi tomonlarning maxfiylik amaliyoti bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Biz ushbu uchinchi tomon saytlarining maxfiylik amaliyotlari yoki kontentlariga javobgar emasmiz.

11. Xavfsizlik

vivo axborotingizni muhofaza qilish uchun kerakli choralarni, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, texnik va jismoniy choralarni koʻradi. Lekin, ushbu choralarni joriy qilgan boʻlsak ham, axborotlaringizning mutlaq xavfsizligi va saqlanishini kafolatlaydigan hech qanday xavfsizlik chorasi yoʻqligini unutmang. Agar siz hisob maʼlumotlaringizni buzilgan deb hisoblasangiz, darhol bizga murojaat qiling.

Ayrim vivo mahsulotlari, xizmatlari yoki dasturlaridan foydalanganingizda, siz ulashadigan shaxsiy maʼlumotlar boshqa foydalanuvchilarga va ayrim hollarda qidiruv tizimlariga va ommaga koʻrinadi hamda ushbu boshqa tomonlar tomonidan oʻqilishi, olinishi, foydalanishi va saqlanishi mumkin. Mazkur holatlarda ulashish yoki yuborishni tanlagan shaxsiy maʼlumotlaringiz uchun siz javobgar boʻlasiz. Shaxsiy maʼlumotlaringiz toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilish sizning zimmangizdadir.

Quyida biz amalga oshiradigan maʼlumotlar xavfsizligi choralarining ayrim namunalari keltirilgan:

(a) Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun foydalaniladigan axborot tizimlari joylashgan binolarning xavfsizligini taʼminlash. Bunday xavfsizlik ushbu binolarga kirish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarning bunday binolarga nazoratsiz kirishining oldini oladi.

(b) Axborotni himoya qilish uchun texnik vositalardan foydalanish, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda shifrlash va anonimlashtirish texnikalari.

(c) Shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanadigan axborot tizimlariga kirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini tasdiqlash.

(d) Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha xodimni tayinlash.

(e) Shaxsiy maʼlumotlar axborot tizimlarimizda qayta ishlanayotgan paytda ularning xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash.

(f) Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligini baholash.

(g) Shaxsiy maʼlumotlarga ruxsatsiz kirish holatlarini aniqlash va bunday ruxsatsiz kirishning taʼsirini kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrish.

(h) Ruxsatsiz kirish natijasida oʻzgartirilgan yoki buzilgan shaxsiy maʼlumotlarni tiklash boʻyicha barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish.

(i) Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini va shaxsiy maʼlumotlar axborot tizimlarining himoya darajasini taʼminlash uchun koʻrilayotgan choralarni nazorat qilish.

(j) Axborot tizimlarimizda qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlarga kirish qoidalarini belgilash va axborot tizimlarimizda mavjud boʻlgan shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha bajarilgan barcha qayta ishlash amallarini qayd qilish.

Unutmang, biz shaxsiy maʼlumotlarni elektron va qogʻoz shaklida oʻzimizning binolarda va xizmat provayderlarimiz yordami bilan ushlab turamiz.


12. Voyaga yetmaganlarning maxfiyligi

Xizmatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq voyaga yetmaganlar uchun moʻljallanmagan. Biz Xizmatimiz orqali voyaga yetmaganlar haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni bila turib olmaymiz. Agar faqat (a) qonunan ruxsat etilgan boʻlsa; (b) voyaga yetmagan bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili rozilik bergan boʻlsa; yoki (c) maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa huquqiy asoslar mavjud boʻlsa, voyaga yetmaganlarning axborotlaridan foydalanamiz yoki oshkor qilamiz. Agar biz tasodifan bolaning shaxsiy maʼlumotlarini bolaning ota-onasining oldindan roziligini tasdiqlamasdan olsak, imkon qadar tezroq maʼlumotlarni oʻchirib tashlaymiz. Agar siz voyaga yetmagan shaxsning shaxsiy maʼlumotlarini ota-onasi/qonuniy vasiysining roziligisiz bizga taqdim etganiga ishonsangiz, Bizga murojaat qiling.

13. Saqlash va xalqaro uzatish

Maʼlumotlarni himoyalashning foydalanuvchi mamlakati/mintaqasi bilan bir xil darajada taqdim etish va foydalanuvchilarning soʻrovlariga yanada samarali javob berish uchun maʼlumotlar saqlanadigan joy turli mamlakat/mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun farq qiladi. Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi, Turkiya, Kolumbiya, Peru, Avstraliya, Andorra, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Monako, Chernogoriya, Serbiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariya foydalanuvchilari uchun shaxsiy maʼlumotlaringiz Germaniyada joylashgan serverimizda saqlanadi; Rossiya, Hindiston va Qozogʻiston foydalanuvchilar uchun shaxsiy maʼlumotlaringiz mamlakatingizda joylashgan serverimizda saqlanadi; boshqa mamlakatlar/mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun shaxsiy maʼlumotlaringiz Singapurda joylashgan serverimizda saqlanadi.

Biz shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsiz tarzda saqlanishi va uzatilishiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz. Shaxsiy maʼlumotlaringizni mamlakatingiz tashqarisiga uzatganimizda va koʻrib chiqilayotgan mamlakat yoki hudud tegishli maʼlumotni himoya qilish standartlariga javob bermasa, biz maʼlumotlaringizga amaldagi axborotni muhofaza qilish qonunlariga muvofiq xavfsiz tarzda munosabatda boʻlishlarini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻramiz. Masalan, bu quyidagicha boʻlishi mumkin:

· Uchinchi tomon bilan ular shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilishini taʼminlashi uchun standart shartnoma shartlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni uzatish haqidagi kelishuv asosida; yoki

· Biz va siz yoki biz va uchinchi tomon orasida shartnoma tuzish yoki bajarish kerak boʻlsa va uzatish ushbu shartnomaning maqsadlari uchun manfaatlaringizga muvofiq boʻlsa (masalan, agar biz maʼlumotlaringizni mamlakatingiz tashqarisida joylashgan xizmatlarni taqdim etuvchi provayderga uzatishimiz kerak boʻlsa); yoki

· Siz maʼlumotlarni uzatishga rozilik bergan holatlarda.

Maʼlumotlaringizni mamlakatingizdagi bilan bir xil darajadagi himoya qilish darajasini taklif qilmaydigan mamlakat/mintaqaga uzatishdan oldin alohida roziligingizni olamiz.

14. Yangilanishlarga aloqador bildirishnomalar

Biz vaqti-vaqti bilan ushbu Maxfiylik siyosatini yangilab borishimiz mumkin. Maxfiylik siyosatimizga biror jiddiy oʻzgarishlar kiritilganida, sizga email yoki boshqa mavjud usullar orqali xabar beriladi. Bizning eng yangi Maxfiylik siyosatimizni https://www.vivo.com/en/about-vivo/privacy-policy manzilida kuzatib boring.

15. Biz bilan aloqa

Agar sizda shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday ishlashimiz haqida ushbu Maxfiylik siyosatida javob berilmagan savollaringiz boʻlsa, bizga eng oson usulda murojaat qilishingiz mumkin: privacy@vivo.com. Bizga quyidagi manzil orqali ham murojaat qilishingiz mumkin:

(a) vivo Mobile Communication Co., Ltd.

No.168 Jinghai East Rd., Chang'an, Dongguan, Guangdong, China.

privacy@vivo.com

(b) Axborot muhofazasi xodimi

dpo@vivo.com