vivo

V20

6 good reasons for vivo V20
6 good reasons for vivo V20
44MP koʻz asosida avtofokus
64MP tungi kamera
Super Night Mode
7.38mm Trendy Slim Design
33W FlashCharge
Qualcomm® Snapdragon™ 720G

3 min reading time

44MP koʻz asosida avtofokus
Siz istagan aniqlikdagi suratlar

Ranglar va aniqlikka boy hayratomuz portretlardan zavq oling. Ultra HD frontal kamera hatto maksimal yaqinlashtirilgan holatda ham kadrdagi tafsilotlarni koʻzdan qochirmaydi.

Avtofokus funksiyasiga ega boʻlgan frontal kamera hatto 15 santimetrdan kadrdagi obyektni fokuslay oladi.* Bu esa smartfonni qoʻlda ushlab yoki selfi tayoqcha yordamida uzoqdan nodir va tiniq selfilar olishga yordam beradi.

*Cheksiz fokus masofasi – old kamera modulining nazariy xususiyati.
  • Nihoyatda tiniq 44 MP* old kamera

Koʻz – qalb koʻzgusi. Endi koʻzni kuzatadigan avtofokus kadrdagi obyekt hissiyotlaridan qatʼi nazar, undagi nigohni kuzatishi mumkin. Hatto odam harakatda boʻlsa-da, smartfon uni fokusda ushlab turadi, shu sababli endi aʼlo sifatdagi suratni kadrga muhrlash uchun kameraga tikilish talab etilmaydi. Har bir lahzadan bahra oling, qolgan ishlarni esa V20 kamerasi uddalaydi.

Tunda ham chaqnang
Selfi uchun tungi rejim

Vivo yaratgan multiekspozitsiya va tasvirdagi shovqinni kamaytirish algoritmi yuzdagi koʻproq tafsilotlarni kadrga muhrlay oladi va hatto tunda ham tabiiy chiroyingizni namoyon qiladi.

Selfie Softlight Band funksiyasi esa atrofdagi yorugʻlikni avtomatik oʻzgartirish orqali aʼlo darajadagi rang harorati bilan taʼminlab, yuzingizning tusini munosib tarzda ifodalaydi. Endi professional fotostudiya shundoqqina sizning choʻntagingizda.

4K Selfie Video

Koʻzni kuzatadigan avtofokus funksiyasi bilan 4K aniqligida hayratomuz videolarni tasvirga oling. Videolar har doim tiniq va batafsil chiqadi. Ilgʻor tahrirlash vositalari yordamida videolaringizga bir qator ajoyib effektlarni ham qoʻllashingiz mumkin.

Portret uchun yangi barqarorlash darajasi
Selfi uchun Steadiface funksiyasi

Selfi uchun ishlab chiqilgan tasvirni barqarorlashtiruvchi Steadiface funksiyasi orqali joʻshqin hayot tarzini aks ettiradigan videolarni hech qanday xiraliklarsiz yarating. U hoshiya va sizning yuzingizni barqaror va tiniq holatda qoldiradi.

Ijodiy qobiliyat
Dual-View video

Old va orqa kamera bilan bir vaqtda video yozgan holda chinakam professionallardek ijod qiling. Tasvirga olish jarayoni sizga cheksiz zavq bagʻishlaydi. Video tomoshasi uchun ikkita rejim koʻzda tutilgan: Tasvir ustida tasvir va Dual-View (ikkiga ajralgan ekran).

Hech bir lahzani oʻtkazib yubormang
Sekinlashgan rejimdagi video-selfi

Vaqt oqimini shunchaki barmoqlaringiz uchida boshqaring. Tezlashgan va sekinlashgan harakat rejimlari orasida almashib, soniyasiga 240FPS video sifatidan lazzatlaning. Sekinlashgan video rejimida oʻzingizning hayajonli qiyofangizga guvoh boʻling.

Uslubingiz uchun ajoyib variantlar
Multi-Style Portrait rejimi

Multi-Style Portrait rejimi, yangi rang jilolari va Face Beauty funksiyasi bilan endi koʻrkam va bejirim koʻrinish bagʻoyatda oson.

Holiday Style
Rococo Style
Gray Style
Tokyo Style
Chinakam ranglar, AMOLED displey

6,44 duym AMOLED FHD+ displeyda ranglar haqiqiydek aks etadi, koʻzingiz oldida jonlanadi. Boz ustiga, smartfon SGS Eye Care Display sertifikatiga ega boʻlib, uning ekranidan taraladigan koʻk nur ulushi atigi 7,5 foizni tashkil qiladi.

  • 6.44-inch

    Screen size

  • 408ppi

    Resolution

  • 2000000:1

    Contrast

  • 20:9

    Screen-to-body ratio

Oddiylik mahorati
Zamonaviy yupqa dizayn

Noodatiy yengil va hayratlanarli tarzda yupqa smartfon aʼlo darajadagi dizaynni oʻzida mujassamlashtiradi. 2.5D, 7,38 mm* va 171 gramm – bu kaftingizda qulay joylashadigan smartfonga tegishli xususiyatlardir.

  • 7.38mm*

    Thickness

7.38mm*
Tengsiz ravonlik
Jilosiz shisha

Jilosiz shisha smartfonga oʻziga xos nafislik bagʻishlaydi, uni kaftingizda qulay ushlashga yordam beradi. AG texnologiyasi tufayli smartfon korpusiga teginish yanada yoqimli tus oldi, u nur qaytarmaydi va qirilishlardan sezilarli darajada yaxshi himoyalangan. Bundan tashqari, AF Vacuum Coating nomli innovatsiya telefon korpusini barmoq izlaridan asraydi, uni tozalash jarayonini osonlashtiradi.

Tabiatdan ilhomlangan
ranglar simfoniyasi
Tilsimga boy ranglar

Nur soya bilan o'zaro bog'lanadi, oq va qora ranglar esa maftunkor jilolar bilan aralashib, tabiat goʻzalligini kuylaydigan jilvakor ranglar simfoniyasini yaratadi.

Midnight Jazz

Tilsimlarga boy, joʻshqin bu rang qalbingizda ishonch uygʻotib, tartibsiz dunyoda dadil qolishga imkoniyat beradi.

Sunset Melody

Bu tropik jilolar silsilasi dengiz sohili uzra botayotgan quyosh, bulutlarni qizartirgan shafaqni yodga soladi.

Bulutlar uzra parvoz
Ikki pogʻonali kamera

Asosiy kamera modullari smartfon korpusi uzra koʻtarilayotgan zinalarga monand yupqa qatlamga mohirona tarzda joylangan.

Yorqin tafsilotlar olamida
64 MP beqiyos asosiy kamera

64MP aniqlikdagi asosiy orqa kamera yordamida hatto yaqinlashtirilganda ham sifati beqiyos holatda qoladigan maftunkor suratlarni oling. Yordamchi kameralar keng burchakli suratlar, super makro, boke rejimidagi va oq/qora tusdagi tasvirlarni olishga xizmat qiladi.

64MP

Main Camera

8MP

Multi-Function Camera

2MP

Mono Camera

Super keng burchak,makrotasvir va boke effekti

Namoyish burchagi 120°* – endi kadrga hamma sigʻadi.

Super Wide-Angle

Makro olamni 2,5 sm masofadan butun tafsilotlar bilan suratga oling.

Super Macro
Tun sinoatini qayta kashf eting
Super tungi rejim

Tungi tasvir jarayoniga yangicha yondashing. Bu rejimda tasvir qamrovi kengayadi, maxsus filtrlar esa tunning qaʼridan koʻzdan pinhon sinoatlarga fonus tutadi.

Shtativga moʻljallangan tungi rejim barqarorlikni oshiradi va tunni butun goʻzalligi bilan kashf etishga yordam beradi.

Hammasi aniq!
Harakatni aniqlaydigan avtofokus

Sevimli jonzotingiz yoki mototsikl haydovchisi kadrdan sakrab chiqishiga oshiqyapsizmi? Butun video davomida obyektni kuzatuvchi avtofokusni ishga tushirish uchun kadrdagi odam yoki boshqa predmet ustiga shunchaki ikki marta bosish kifoya.

Smart zum

Hatto kadrdagi obyekt jadal yaqinlashayotgan yoki uzoqlashayotgan boʻlsa-da, Smart zum obyekt kadr markazida qolishi uchun masshtabni avtomatik tarzda sozlab turadi.

It’s Your Star Moment
Art Portrait Video

Turn your video backgrounds black and white while keeping your subject in full color. You can also add bokeh effects to further highlight your center of attention against any backdrop.

Qualcomm®Snapdragon™ 720G
8GB RAM + 128GB ROM

8nm texnojarayoni asosida yaratilgan 8 yadroli Qualcomm® Snapdragon™ 720G protsessori funksionallik, unumdor ijro va kam energiya sarfi bilan ajralib turadi. V20 modeliga oʻrnatilgan 8 gigabaytli operativ xotira tufayli koʻplab ilovalarni bir vaqtda ishga tushirish, 128 gigabaytli ichki xotira yordamida esa telefonga katta hajmdagi oʻyin va videolarni saqlash mumkin.

Yashinday tez quvvatlanuvchi batareya
33W FlashCharge

33W FlashCharge* texnologiyasi telefon batareyasini atigi 30 daqiqada – siz qahvangizni ichib boʻlguncha 65 foizgacha quvvatlaydi*. Sigʻimi 4000 mA*soatga teng boʻlgan yirik batareya esa kun davomida sevimli mashgʻulotlar (rasm olish, video tomosha qilishdan boshlab, musiqa tinglash va oʻyinlardan zavqlanishgacha) bilan shugʻullanish imkonini beradi.

  • 33W

    FlashCharge

  • 4000mAh

    Battery

Ulkan imkoniyat, jadal tezlik
Multi-Turbo

Multi-Turbo rejimida koʻplab qiziqarli funksiyalar, shu jumladan ART++ Turbo kabi xususiyatlar paydo boʻldi. Smartfon unumdorligi esa sizni hayratga soladi.

*Barcha maʼlumotlar vivo laboratoriyasida oʻtkazilgan sinovlardan olingan va Multi-Turbo rejimi faollashtirilmagan smartfon amaliyotiga oid solishtirma ijroga asoslangan.
*Yuqoridagi maʼlumotlar ijro unumdorligini optimal darajada amalga oshirishga doir.
Hayajon chegarasini kengaytiradi
Ultra Game Mode

Yangilangan Ultra Game Mode bilan smartfoningizning butun imkoniyatlaridan foydalaning va virtual jang maydonlarida faol kurashing.

Oddiylik chegarasidan tashqarida
Funtouch OS 11

Funtouch OS 11 (Android 11 asosida) minimalizm va qulaylik bilan farqlanadi.

Dynamic Sky

Your image, your rule. Change the sky as you like, from rain to bright sunshine and back. Or make it move along your lines, adding animated backgrounds to still images.

*Album - Edit - AI Image Matting - Dynamic Sky
Memory Recaller
HD Restoration

Travel back in time and bring moments long passed fully back to life. Memory Recaller can restore clarity in fuzzy old images instantly, and its smart coloring tool can further revitalize and enhance color.

*Album - Edit - Repair - HD Restoration
Innovatsiyalar bilan hayotni osonlashtiring
Jovi Home

Agar ekranda oʻng tarafga qarab barmogʻingizni sursangiz, Jovi Home nomli ilovalarni boshqarish markazi ochiladi.

Koʻp funksiyali NFC moduli
Chegarasiz qulaylik

Smartfonga sozlangan NFC chip shunchaki xaridlarga toʻlovni amalga oshirishda emas, balki siz eshiklarni qurilma orqali ochishingiz uchun ruxsat kartalaridan axborotni nusxalashga xizmat qiladi va shu yoʻsin hayotingizga qulaylik bagʻishlaydi.

V20 Pro
MADE FOR
PERFECT
MOMENTS

Ogohlantirish:

  • 1. 44MP aniqlikdagi asosiy kamera 16:11 nisbatda 44MP formatidagi kadrlarni olishga xizmat qiladi.
  • 2. Boʻrtib chiqqan kamerani hisobga olmaganda 7,38 mm. Sunset Melody talqinidagi V20 modelining qalinligi 7,48 mm. Smartfonning haqiqiy oʻlchamlari va vazni ishlab chiqarish jarayonidagi farqlar, oʻlchov usullari va xomashyo taʼminotchilariga qarab farqlanishi mumkin.
  • 3. Diagonaliga oʻlchangan butun toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi ekranning kattaligi 6,44 duymni tashkil qiladi. Ekranning haqiqiy oʻlchami biroz kichikroq.
  • 4. Orqa korpusdagi super keng burchakli kamera obyektivining burchagi 120 gradus, xiralik tuzatilganda bu koʻrsatkich 108 gradusga oʻzgaradi.
  • 5. Old kamera 4K aniqlikda va soniyasiga 30 ta kadr tasvirga oladi.
  • 6. Rasmiy vivo quvvatlagichi bilan quvvatlanganda ( (11V/3A FlashCharge adapter), V20 modeli 33W FlashCharge texnologiyasida ishlaydi. Haqiqiy quvvatlash natijasi foydalanish sharoitiga qarab keskin oʻzgarishi mumkin.
  • 7. Mavjud haqiqiy operativ xotira va ichki xotira operatsion tizim egallagan joy va avvaldan oʻrnatilgan ilovalar tufayli nisbatan kamroqdir.
  • 8. V20 modelini quvvatlashga oid maʼlumot vivo oʻtkazgan laboratoriya sinovlaridan olingan. Sinov muhiti: atrofdagi harorat 25℃±1℃. Sinov shartlari: Batareyada qolgan zaryad 1%, ekran oʻchiq holatda va rasmiy standart vivo quvvatlagichi ishlatiladi. Haqiqiy maʼlumotlar sinov muhiti, batareyaning eskirishi va boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.
  • 9. Android – Google LLC savdo belgisidir.
  • 10. Mahsulot tasvirlari va funksiyalar faqat namoyish maqsadida keltirilgan. Displeydagi tasvirlar modellashtirilgan va faqat namoyish uchun moʻljallangan. Faqat haqiqiy mahsulot etalon hisoblanadi. Har xil turdagi tasvirga olish rejimlari farqli piksellar miqdorini hosil qilishi mumkin.
  • 11. Ayrim xususiyatlar, parametrlar va qurilma qismlari taʼminotchi yoki mahsulot partiyalariga qarab farqlanishi mumkin. Shu bois vivo oldindan ogohlantirmasdan ushbu sahifadagi tavsiflarni tegishli tartibda oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Mahsulotdan foydalanishdan oldin bu sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing. Boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ekranni himoya qiluvchi qoplamlarni V20 modelida ishlatish barmoq izini tanish sensorining faoliyatiga taʼsir qilishi mumkin. Displeydagi skanerga moʻljallangan vivo ishlab chiqargan rasmiy ekranni himoya qiluvchi qoplamlardan foydalaning.
  • 12. Keltirilgan barcha maʼlumotlar texnik parametrlar, laboratoriya sinovlari natijalari va taʼminotchilar oʻtkazgan sinov ishlariga oid axborotlarga asoslangan. Haqiqiy unumdorlik dasturiy taʼminot versiyasi, maxsus sinov sharoiti va telefon modeliga qarab farqlanishi mumkin. Sahifada faqat vivo qurilmalarining taqqosi keltirilgan.