vivo

V20 SE

Butun olam sizning kaftingizda
Atiga 7,83 mm qalinlikdagi 3D korpus

Atiga 7,83 mm qalinlik va 171 g vaznga ega V20 SE smartfoni yengil boʻlib, qoʻlingizga qulay oʻrnashadi. Uning yuqori molekulali polimerdan ishlangan 3D korpusi yoqimli mayinlik hissini tuhfa etadi.

*Kamera boʻrtmasi 7,83 mm ichiga kirmaydi.
*Haqiqiy oʻlchamlari va vazni ishlab chiqarish jarayonlari, oʻlchash usullari va ishlatilgan materiallar yoki boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.
  • 7,83 mm

    Thickness

  • 171 g

    Weight

Kun davomida yetarli quvvat
33W FlashCharge va 4100 mA*soat batareya*

V20 SE modelida joylashgan 4100 mA*soat hajmli batareya yordamida kun davomida yetarli quvvatga ega boʻlishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, vivo kompaniyasining takomillashgan 33W FlashCharge quvvatlash texnologiyasi sakkizta xavfsizlik himoyasi bilan kuchaytirilgan. Atiga 30 daqiqa ichida quvvatingizni 62% gacha yetkazing yoki bir soatdan kam vaqtda toʻliq quvvatlang.

Bir nechta tasvirga olish rejimiga ega 48MP kamera*

48MP sunʼiy intellektga ega uchtalik kamera bilan dunyoni yorqin ranglarda koʻring. Qishloq ranglaridan tortib shahar arxitekturasigacha, kunduz kunidan tortib kechqurungacha, landshaftlardan portretlargacha – barchasini mayda detallariga qadar yorqin ranglarda koʻring. Macro va boshqa pro standart rejimlari sizga yanada koʻproq variantlarni kashf etish imkonini beradi.

Muammolarsiz tungi tasvir
Selfi uchun 16MP tungi rejim

Hayotingizning qimmatli onlarini tafsilotlari bilan saqlash uchun old kamera 16 MP tiniqlikni ato etadi. Bizning eksklsuziv HDR+ Morpho algoritmimiz qora nuqtalarni oqartiradi va haddan tashqari ekspozitsiyani kamaytiradi, natijada kechqurungi rasmlaringiz ravshanroq, tiniqroq va muvozanatlashgan boʻladi. U qorongʻi muhitida goʻzallikni taʼminlash uchun Video Face Beauty effekti bilan ham juftlashtirilishi mumkin.

Butun olam sizning kaftingizda
Atiga 7,83 mm qalinlikdagi 3D korpus

Atiga 7,83 mm qalinlik va 171 g vaznga ega V20 SE smartfoni yengil boʻlib, qoʻlingizga qulay oʻrnashadi. Uning yuqori molekulali polimerdan ishlangan 3D korpusi yoqimli mayinlik hissini tuhfa etadi.

*Kamera boʻrtmasi 7,83 mm ichiga kirmaydi.
*Haqiqiy oʻlchamlari va vazni ishlab chiqarish jarayonlari, oʻlchash usullari va ishlatilgan materiallar yoki boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.
  • 7,83 mm

    Thickness

  • 171 g

    Weight

Oʻz uslubingizga urgʻu bering
Sehrli ranglar

Xalqaro miqyosdagi dizaynerlarimiz koinot cheksizliklari va tabiat inʼomlaridan ilhom olganlar. Soʻnggi urfdagi elementlar ham sizga soddalashtirilgan innovatsion koʻrinishni baxsh etadi.

Gravity Black (Qora grafit):

Qora gradiyent hashamatli koʻrinishga ega boʻlib, oʻtkir texnologik hissiyot taqdim qiladi. U oʻzining nomaʼlumligi bilan kishini jalb qiluvchi tubsiz koinot ranglariga asoslanadi.

Oxygen Blue (Musaffo osmon):

Tetiklashtiruvchi och havorang gradiyent suzib ketayotgan osmon va toza suyuq kisloroddan ilhomlangan. U oʻzidan yorqinlik va barqaror xotirjamlik taratadi.

Quyuq va asl ranglar
AMOLED ekran

6,44 duymli (16,37 sm) 1080P AMOLED Halo FullView ekrani bilan 90,12% ekran kengligi masshtabida maqtanish mumkin. U 16 milliondan ortiq ranglarni aks ettirishi mumkin – 103% NTSC va 2 000 000:1 ravshanlik darajasi tufayli – barcha ranglar quyuq va asli koʻrinishga ega boʻladi. Boz ustiga, ekranning avtomatik yorqinligi tashqi muhitga moslashib boradi. U koʻzingizni charchatmaydi va koʻrayotgan barcha narsangiz yanada ajoyib koʻrinishga ega boʻladi.

*6,44 duymli diagonal oʻlchamli ekran boʻlib, ekrandagi haqiqiy koʻrinish maydoni bir oz kichikroq boʻlishi mumkin.
  • 6.44-duymli

    Screen size

  • 90.12%

    Screen-to-body ratio

  • 103%

    NTSC saturation

  • 2,000,000:1

    High contrast

Displeydagi barmoq izi skaneri

vivo kompaniyasining blokdan chiqaruvchi takomillashtirilgan texnologiyasi juda oson – shunchaki, yengilgina ekranga tegining. Koʻplab animatsion effektlar ushbu jarayonni yanada bezashga yordam beradi.

Perfect Clarity
32MP Front Camera

The front camera offers 32MP clarity; capable of preserving incredibly intricate detail in every one of your precious life moments.

Muammolarsiz tungi tasvir
Selfi uchun 16MP tungi rejim

Hayotingizning qimmatli onlarini tafsilotlari bilan saqlash uchun old kamera 16 MP tiniqlikni ato etadi. Bizning eksklsuziv HDR+ Morpho algoritmimiz qora nuqtalarni oqartiradi va haddan tashqari ekspozitsiyani kamaytiradi, natijada kechqurungi rasmlaringiz ravshanroq, tiniqroq va muvozanatlashgan boʻladi. U qorongʻi muhitida goʻzallikni taʼminlash uchun Video Face Beauty effekti bilan ham juftlashtirilishi mumkin.

Yorqinlik vaqti keldi!
Selfie Softlight Band

Selfie Softlight Band – bu vivo ning maxsus vositasi boʻlib tungi vaqtda selfi olayotganda yorqinroq rasm olishga moʻljallangan. U xonadagi va tashqI muhit yorugʻligini avtomatik tarzda moslashtiradi. Qorongʻilikning ahamiyati yoʻq – yorqinlik hamisha mavjud boʻladi.

Jurnal muqovasi uchun fotosurat
Professional portret

Professional portert rejimi, Face Beauty va Pose Master, boke effektlari va koʻplab badiiy uslublar sizni jozibador yulduz kabi koʻrinishga keltiradi.

Yangilangan sun'iy intellekt Face Beauty parametri beshta jihatga koʻra ishlaydi – teri rangi, tekstura, kontur, yuz parametrlari va makiyaj. Erkak kishi yuzlari uchun sozlangan optimizatsiya bilan u erkaklarga yanada erkakcha qiyofa bagʻishlaydi. Endi sizga mos koʻrinishni topish juda oson.

slide left to see more

Bir nechta tasvirga olish rejimiga ega 48MP kamera*

48MP sunʼiy intellektga ega uchtalik kamera bilan dunyoni yorqin ranglarda koʻring. Qishloq ranglaridan tortib shahar arxitekturasigacha, kunduz kunidan tortib kechqurungacha, landshaftlardan portretlargacha – barchasini mayda detallariga qadar yorqin ranglarda koʻring. Macro va boshqa pro standart rejimlari sizga yanada koʻproq variantlarni kashf etish imkonini beradi.

Turfa rangli sehrli shahar koʻchalarini nafislik bilan tasvirga oling. Tungi tiniqlikni oshirish uchun asosiy orqa kamera f/1.8 aperturali boʻlib, bizning HDR+ Morpho algoritmimizga tayanadi.

Capture Infinite Moments
Super Wide-Angle Camera

The 8MP Super Wide-Angle Camera offers 120 degrees of panoramic vantage – so you can enjoy a larger, wider world view.

*Super wide-angle camera is able to capture 108-degree photos after accounting for distortion.
Yirik plandagi hayot
Super Macro kamera

Obyektlaringizni imkoni boricha – 4 sm gacha yaqinlikda – va mitti dunyoni oʻzingiz uchun kashf qiling. Shudring tushishi, gulning gulbarglari va boshqa mayda hayratomuz narsalarni yaqiningizda koʻring.

Ultra barqaror video

Kamera qimirlasa yoki silkinsa albatta past sifatli tasvir olinishiga sabab boʻladi. V20 SE modelining orqa kamerasi dinamik ravishda ana shu xiralikni bartaraf qiladi – bunga EIS tizimi tufayli erishiladi – shu bois hatto harakatlanayotganingizda ham siz ravon barqaror videolarni tasvirga olishingiz mumkin.

OFF
ON
Video Face Beauty rejimi

Yanada koʻproq kuzatuvchini jalb qilish uchun vlogingizni bir pogʻonaga koʻtaring. Tasvirga olayotgan paytingizda Video Face Beauty effektlarini bevosita videolarda qoʻllashingiz mumkin va tasvirdan soʻng tahrirlashga hojat qolmaydi.

*720p gacha aniqlikni dastaklaydi.
4K Video

Maxsus onlaringizni sifat va tiniqlikni oshiruvchi super yuqori aniqlikdagi 4K videolar yordamida (orqa kamera) saqlab qoʻying.

Kun davomida yetarli quvvat
33W FlashCharge va 4100 mA*soat batareya*

V20 SE modelida joylashgan 4100 mA*soat hajmli batareya yordamida kun davomida yetarli quvvatga ega boʻlishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, vivo kompaniyasining takomillashgan 33W FlashCharge quvvatlash texnologiyasi sakkizta xavfsizlik himoyasi bilan kuchaytirilgan. Atiga 30 daqiqa ichida quvvatingizni 62% gacha yetkazing yoki bir soatdan kam vaqtda toʻliq quvvatlang.

8GB RAM +
128GB ROM*

8GB RAM + 128GB ROM ilovalaringiz, dasturlaringiz va sevimli videolaringiz, fotosuratlaringiz va fayllaringiz ravon ishlashini bildiradi.

Qualcomm®
Snapdragon™
665

Qualcomm® Snapdragon™ 665 tajriba uchun moʻljallangan sakkiz yadroli 11nm protsessordir. U barcha ilovalar hamda oʻyinlarningtezkor va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.

  • 11nm

    Octa-core

  • 665

    Qualcomm® 
    Snapdragon™

NFC moduli

NFC kundalik hayotingizni koʻplab usullarda yengillashtirib beradi. U doʻkonlarda toʻlovlarni qulay amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek, parvozlaringiz uchun toʻlay oladigan tranzit kartangiz bilan ishlaydi hamda telefoningizdan foydalangan holda hisobingizni tekshirishga yordam beradi.

Multi Turbo

vivo Multi-Turbo funksiyasi tizim darajasida ishlaydi va dasturingizni hamda qurilmangizning ishlashini maqbullashtiradi, natijada telefoningiz yanada tezroq, samaraliroq ishlaydi.

U sunʼiy intellektga ega Turbo, Net Turbo, Game Turbo, Cooling Turbo (issiqlikni tarqatib yuborish uchun), Center Turbo (asosiy tizim resurslariga qaratilgan) va ART++ Turbo (kompilyatsiyani maqbullashtirish) xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Ishlash tezligini koʻrib yoqangizni ushlaysiz.

Memory Recaller - HD Restoration

Travel back in time, or bring moments long since passed fully back to life again. Memory Recaller instantly restores clarity in hazy and fuzzy old images.

*Album - Edit - Repair - HD Restoration.
AI Image Matting

V20 SE's AI algorithm can separate subjects from backgrounds. This means you can lift portraits out of images and edit them independently. You can also isolate the sky and change it any way you like - from rain to bright sunshine and back.

*Album - Edit - AI Image Matting.
Tiniq ovoz
Ikkita mikrofon bilan shovqinni bostirish

Hatto shovqin joylarda ham V20 SE billurdek tiniq ovozli chaqiruvlarni yetkazadi. U tashqi shovqinni ikkita mikrofon, shovqinni yoʻqotish algoritmi hamda sunʼiy intellekt algoritmi yordamida mohirona yoʻqotadi.

Ishxonadagi majlis yoki, masalan, kutubxonada ovozingizni pasaytirish kerak boʻlsa shunchaki Tovushsiz rejimini yoqib qoʻying. U qarama-qarshi tomonda ovozingizni baland va tiniq qiladi.

Odatdan tashqari
Funtouch OS 11

Funtouch OS 11 (Android 10 asosida) sodda joziba hamda qulay interfeys bilan ajralib turadi.

Ultra Game rejimi

Ultra Game rejimi bilan V20 SE modelingizni shaxsiy oʻyin arenasiga aylantiring. U xabarnomalarni va xabarlarni bloklab qoʻyishi mumkin. Shuningdek, kadr ortida avtomatik oʻynash va rasmdagi rasm – ushbu barcha ajoyib xususiyatlar sizga har bir onni ushlab qolishga yordam beradi va chempionlik darajasiga koʻtaradi.

Ogohlantirish:

  • 1. Muayyan xususiyatlarga kirish imkoniyati mintaqaga qarab farqlanishi mumkin. Mahsulotning keltirilgan rasmlari va xususiyatlari faqat maʼlumot uchun , ekrandagi tasvirlar simulyatsiya qilingan va faqat namoyish uchun moʻljallangan. Haqiqiy mahsulotni etalon sifatida qabul qiling.
  • 2. Barcha maʼlumotlar bizning texnik parametrlarimiz, laboratoriya sinovi natijalarimiz va yetkazib beruvchining sinov maʼlumotlariga asoslangan. Haqiqiy ishlash quvvat dasturiy taʼminotga, maxsus sinov muhitiga va telefon modeliga bogʻliq. Ushbu sahifada keltirilgan barcha taqqoslashlar faqatgina vivo mahsulotlariga taaluqli.
  • 3. Ayrim texnik parametrlar yoki mahsulotning ayrim qismlari yetkazib beruvchining kiritgan oʻzgartirishlari yoki boshqa mahsulot partiyasi farqlanishi tufayli, vivo oldindan xabardor qilmasdan ushbu sahifadagi tavsiflarni yangilashi mumkin. Foydalanishdan avval ushbu sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing.
  • 4. Kameraning turli rejimlarida piksellar qiymati foydalanish maqsadiga qarab oʻzgarishi mumkin.
  • 5. Rasmiy vivo quvvatlagichi (11V/3A FlashCharge adapteri) bilan juftlanganda, V20 SE modeli 33W gacha FlashCharge quvvatini dastaklaydi. Vaziyat dinamikasiga qarab real vaqtdagi quvvatlashning haqiqiy vaqti bir oz oʻzgaradi. V20 SE quvvatlash ma'lumoti vivo laboratoriyasining tashqi muhit sinovi natijasida olingan. Sinov muhiti: tashqi muhit harorati 25℃±1℃. Sinov sharoiti: batareya quvvati 1%, ekrani oʻchgan holatda, vivoning rasmiy standart quvvatlagichi. Haqiqiy ma'lumot sinov sharoiti, batareyaning eskirgani va boshqa omillarga bogʻliq.
  • 6. 1TB gacha tashqi xotirani dastaklaydi. Micro SD kartasi alohida sotib olinishi kerak. Haqiqiy mavjud RAM 8GB dan kamroq, chunki operatsion tizim va oldindan oʻrnatilgan ilovalar uning bir qismini egallagan. Haqiqiy mavjud ROM 128GB dan kamroq, chunki operatsion tizim va oldindan oʻrnatilgan ilovalar uning bir qismini egallagan.
  • 7. Standart natija 12 millionta toʻrttasi birda piksellar, 48 MP aniqlikdagi qoʻshimcha parametr.