vivo V50 Lite

Ajralib turish uchun yaratilgan

Tillarang titan¹

Kuch va nafislikning yorqin aralashmasi. Tillarang titan rangi oqshom iliqligini eslatib, bejirim nafislik va yuqori sifatli qoplama bilan porlaydi.

vivo V50 Lite in titanium gold

Fantom qora¹

Fantom qora rangi sir va nafislikni muvozanatlab, yorqin va mayin tuslarni aks ettiradi.

vivo V50 Litein phantom black

Yashil ipak¹

Yashil ipak rangi sokin koʻkdan yam-yashil rangga osongina almashadi va tabiat osoyishtaligini mujassamlashtiradi.

vivo V50 Lite in silk green

Serjilo hoshiya

Yupqa. Chiroyli. Nafis.

7,79 Mm ultra yupqa korpus va hoshiya bilan V50 Lite ham zamonaviy, ham qulaydir.2

7,79 mm

Ultra yupqa2

196g

Ultra yengil2

POLED 2.5D tekis ekran

Innovatsion ultra yupqa hoshiyalar

vivo V50 Lite modelining 6,77 duymli displeyi ultra yupqa hoshiyalar hamda hayratomuz 94,2% ekranning korpusga nisbati bilan cheksiz koʻrish taassurotini taqdim etadi. 120 Hz yangilanish chastotasi ravon tasvirlar bilan taʼminlaydi, SGS tasdiqlagan koʻzga qulaylik texnologiyasi koʻzlaringizni toliqtirmaydi.3

vivo V50 Lite with POLED 2.5D flat screen

120 Hz

Yangilanish chastotasi

1800 nit

Lokal eng yuqori yorqinlik

1300 nit

HBM

6,77”

Ekran oʻlchami

94,2%

Ekranning korpusga nisbati

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

SGS past moviy nur sertifikati

Tezkor quvvatlash. Uzoq muddatga yetadigan energiya.

Juda yupqa.
Juda kuchli.

vivo V50 Lite with long last power

6500

mAh

90W

5-YEAR

6500 mAh BlueVolt batareya

Uzoq muddatga yetadigan quvvat4

V50 Lite modelining 6500 mAh BlueVolt batareyasi chiroyli va ixcham korpusda uzoqroq ishlashni taʼminlaydi. Takomillashgan germetizatsiya va energiya zichligi innovatsion yechimlari quvvatni uzluksiz yetkazib beradi. Shu sababdan, xavotirsiz translatsiya qilish, oʻyinlar oʻynash va muloqot qilishingiz mumkin.4

27,4 soat

YouTube5

10,5 soat

Oʻyin oʻynash5

11 kun

Kutish rejimi6

26 daqiqa

1% batareya bilan oʻchiq ekrandagi chaqiruvlar6

Boshqa qurilmalarni quvvatlash

Harakat paytida boshqa qurilmalarni quvvatlang7

6500 mAh BlueVolt batareya4

Yanada koʻproq quvvat. Ayni yupqa dizayn.

V50 Lite ayni yupqa korpusda koʻproq quvvatga ega boʻlish uchun ishlab chiqilgan. U 7,79 mm profilga joylangan 6500 mAh batareyasi bilan V40 Lite modeliga nisbatan 30% koʻproq sigʻimni taklif qiladi hamda har bir quvvatlashdan maksimal foydalanishingizni taʼminlaydi.

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

kattaroq batareya

V40 Lite bilan bir xil yupqalik

90W FlashCharge8

Yashin tezligida quvvatlash

Tezkor kuchaytirish zarurmi? 90W FlashCharge adapteri noldan – super-tez ishga tushirish va atigi bir necha daqiqa quvvatlagach, soatlab foydalanish imkonini beradi. Uning tezlik va xavfsizlikka moʻljallangan 24 oʻlchamli xavfsizlik himoyasi ishonchli quvvatlash uchun kuchlanish, tok va haroratni nazorat qiladi.8

27 daqiqada

50% quvvatlash9

57,5 daqiqada

100% quvvatlash9

5 yillik batareya xizmat muddati10

Uzoq muddatga yetadigan quvvat hamrohligi

vivo V50 Lite modelining batareyasi uzoq muddatli foydalanishga moʻljallangan. Uning 5 yillik foydalanishdan keyin 80% sigʻimini saqlab qoladigan quvvatidan har kuni ishonch bilan foydalanishingiz mumkin.10

vivo V50 Lite with cushioning structure

Keng qamrovli zarbani yumshatish mexanizmi tuzilishi

Tushib ketishga qarshi tekshirilgan. Zarbalarga chidamli.

Keng qamrovli zarbani yumshatish mexanizmi tuzilishi va mustahkamlangan himoya oynasiga ega vivo V50 Lite haqiqiy foydalanish sharoitida jiddiy chidamlilik sinovlaridan oʻtgan. Toʻrtta burchagi havo yostiqchali texnologiyaga ega maxsus himoya jildi bilan u ekranni kundalik kutilmagan tushib ketish va urilish holatlaridan yaxshiroq himoyalaydi.11

42 000 marta

Tushib ketish sinovi (stol, krovat, divan va boshqalarni simulyatsiya qilish.)11

150 000 marta

Yoqish/Oʻchirish11

10 000 marta

Quvvat manbaiga ulash/Uzish11

600 marta

Oʻtirish holatidagi bosim sinovi11

-20℃ dan
50℃ gacha

Yuqori/past haroratli muhitlar11

72 soat

Sohilga yaqin yuqori namlik va issiqlik muhiti sinovi11

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

Harbiy daraja sertifikatsiyasi

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

IP65 chang va suvga chidamlilik12

Chidamlilik uchun yaratilgan

Tomchi va chang muammo emas. vivo V50 Lite modeli kundalik yelib-yugurishlar uchun ishonchli himoyalangan. Mustahkamligi yoʻqolmaydigan qilib ishlangan. Tomchidan himoyalangan. Changga chidamli.

3 daqiqa

Suv oqimi sinovi

12 soat

Yomgʻir sinovi25

vivo V50 Lite with IP65 dust and water resistance

Professional darajadagi suratlar

Studiya
darajasidagi
kadrlar

Studiya sifatli Aura nuri portreti

Har bir kadrda mahoratingizni namoyish eting

vivo V50 Lite with aura light portrait vivo V50 Lite with aura light portrait

32 MP selfi kamera¹³

50 MP Sony IMX882 kamerasi¹³

Boke kamera

Aura nuri

50 MP Sony IMX882 kamerasi

Har bir tafsilotni qayd eting

Yakuniy tasvirda yoritishni kuchaytiradigan Sony IMX882 sensori va Aura nuri bilan ajoyib portret suratlar oling. Qadrli lahzalardan hayajonli manzaralargacha V50 Lite asosiy orqa kamerasi har bir kadrning eng yaxshi shaklda koʻrinishini taʼminlaydi.14

vivo V50 Lite with 50 MP camera

2x Professional portret

2x Zum bilan ajoyib portretlar¹⁴

2x zum bilan portretlaringiz yanada yorqin va aniqroq chiqadi. Takomillashgan masshtablash funksiyasi bilan har bir kadrda tafsilotlar yanada aniqroq aks etib, uzoqdagi tabassumlardan to yaqinroqdagi goʻzallikkacha har bir lahza aniqlik va teranlik bilan ajralib turadi.

portrait by vivo V50 Lite with 1x zoom

1x

portrait by vivo V50 Lite with 2x zoom

2x

Aura nuri portreti

Smart yoritish

Yuz teksturasini boyitish uchun yon tomondan toʻldiruvchi nurni, yanada koʻproq 3D effektlar uchun kontur soyalarini yaxshilash maqsadida yuqori diagonal toʻldiruvchi nurni qoʻshing.

portrait by vivo V50 Lite with aura light

ON

portrait by vivo V50 Lite without aura light

OFF

32 MP selfi kamera

Porlaydigan selfilar

Tunda yoki orqadan yoritilgan joyda suratga olish boʻlsin, 32 MP selfi kamera selfilaringizni tiniqlik bilan jonlantiradi.15

group portrait by vivo V50 Lite with 32MP selfie camera

AI Image Studio

Tozalang. Yaxshilang. Yuksaltiring.

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

AI Tozalash 2.016

AI Suratlarni yaxshilash16

Fokusni tiniqlashtirish uchun keraksiz narsalarni olib tashlang.

Rasmlaringizda tafsilot, rang teranligi va tiniqlikni oshiring.

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance
portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

Mukammal tezlikni his eting

Yetakchi
unumdorlik

Yanada aqlliroq ishlaydigan vositalar

AI bilan yanada aqlliroq samaradorlik

AI SuperLink17

Signalni kuchaytirish va tarmoqni intellektual almashtirish funksiyalari bilan istalgan joyda aloqada qoling.

Chizib qidirish

Oddiy aylana chizish imo-ishorasi bilan obyektlarni osongina aniqlang yoki maʼlumot oling.

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

AI Ekran tarjimasi

Ekrandagi matnni real vaqt rejimida turli tillarga tarjima qiling.

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance
vivo V50 Lite with Snapdragon 685 chip
vivo V50 Lite with 8+8 GB RAM

Snapdragon® 685

Nafis kuch,
yuqori taassurot.

Snapdragon® 685 kuch va aniqlik uchun yaratilgan. U kuchli oʻyin seanslaridan yuqori tezlikdagi yuklanmalargacha barcha vazifalar osonlik bilan bajarilishi uchun moslashadi.18

8 GB RAM + 8 GB kengaytirilgan RAM

Kattaroq xotira.
Kengroq imkoniyatlar.

8 GB hajmgacha RAM va 8 GB hajmgacha kengaytiriladigan RAM xotira bilan hammasi oson tuyuladi. Ilovalar tezkor ishga tushadi va vazifalar orasida almashish har qachongidan ham ravonroq bajariladi.19

Ikkita stereo karnay20

400% tovush balandligining kuchini kashf eting²¹

Teran bassdan kristall tiniqlikdagi baland tovushlargacha – betakror kinematik audio taassurotidan bahra oling.

vivo V50 Lite with dual stereo speaker

Ravonlikning yangi davri

50 oylik qulay taassurot22

Uzoq muddat foydalanishdan keyin ham ravon

Funtouch OS bilan 50 oygacha samarali va kechikishlarsiz foydalaning. Moslashish va optimallash uchun yaratilgan ushbu tizim V50 Lite qurilmangizning tez va ishonchli ishlashini taʼminlaydi.22

vivo V50 Lite with 50 month smooth experience

Funtouch OS 15

Yanada aqlliroq, ravonroq operatsion tizim.

Video fon rasmi23

Har safar telefoningiz qulfini ochganingizda, moslangan video bilan sevimli lahzalaringizni qayta boshdan kechiring23

portrait by vivo v50 Lite with ai photo enhance

Chaqiruv ekani fonini oʻzgartirish24

Moslangan chaqiruv ekrani fonlari bilan har bir chaqiruvga oʻziga xoslik baxsh eting. Mazmunli lahzalardan kulguli vizual tasvirlargacha, har bir chaqiruvga javob berishni quvonchga aylantiring.24

vivo V50 Lite with caller background customization function

Ogohlantirish :

  1. Ranglar va qoplamalar yoritish shart-sharoiti va displey sozlamalariga qarab biroz farq qilishi mumkin. Mahsulot rasmlari faqat tasvirlash maqsadlari uchun moʻljallangan.
  2. Mahsulot dizayni va funksiyalari ishlab chiqarish jarayonlari va mintaqaga asosan oʻzgarishi mumkin. Jilolanadigan metall hoshiya va ultra yupqa dizayn oʻlchovlari vivo laboratoriya sinovlariga asoslangan. Haqiqiy mahsulotning oʻlchamlari va koʻrinishi biroz farq qilishi mumkin. Rasmlar faqat tasvirlash maqsadlari uchun moʻljallangan.
  3. Displeyning texnik xususiyatlari vivo laboratoriya sinovlariga asoslanadi. Haqiqiy ekranning korpusga nisbati hamda yorqinlik darajalari turli hisoblash usullari va foydalanish shart-sharoitlari tufayli biroz farq qilishi mumkin. Koʻrsatilgan kontent faqat tasvirlash maqsadlari uchun moʻljallangan. Koʻz himoyasi texnologiyasi kabi funksiyalar dasturiy yangilanishlar va sozlamalarga bogʻliq.
  4. Odatiy batareya hajmi 6500 mAh, nominal batareya hajmi 6380 mAh.
  5. Maʼlumotlar vivo laboratoriyasi sinovlaridan olingan va faqat bitta ilovadan foydalanishga asoslangan. Sinov muhiti: Atrof-muhit harorati 25°C±2°C. Sinov shartlari: Qurilma 100% quvvatlangan holda. Haqiqiy batareya davomiyligi asosiy foydalanish usuli hamda atrof-muhit va boshqa turli omillarga bogʻliq.
  6. Maʼlumotlar vivo laboratoriyasi sinovlaridan olingan va faqat bitta ilovadan foydalanish/kutish holatlariga asoslangan. Sinov muhiti: Atrof-muhit harorati 25°C±2°C; Sinov shartlari: Telefon batareyasi 1% quvvatlangan. Haqiqiy batareya davomiyligi asosiy foydalanish usuli hamda atrof-muhit va boshqa turli omillarga bogʻliq.
  7. Boshqa qurilmalarni quvvatlash funksiyasi faqat Type-C interfeysi, 6 vatt (5 V/1,2 A) uzatish kuchlanishiga ega qurilmalar bilan ishlaydi. Muvofiqlik muammolari tufayli, ayrim qurilmalarda quvvatlash kuchlanishi pasayishi yoki kutilganidek quvvatlanmasligi mumkin. Aniqlik uchun haqiqiy foydalanish holatiga qarang.
  8. Haqiqiy quvvatlash kuchi foydalanish sharoiti oʻzgarganida dinamik ravishda sozlanadi hamda haqiqiy foydalanish holatiga bogʻliq.
  9. Maʼlumotlar vivo laboratoriyasi sinovlaridan olingan va faqat kutish holatlariga asoslangan. Sinov muhiti: Atrof-muhit harorati 25°C±1°C. Sinov shartlari: vivo 90W quvvatlagich va 1% quvvatlangan qurilma bilan jihozlangan. Haqiqiy quvvatlash kuchi foydalanish sharoiti oʻzgarganida dinamik ravishda sozlanadi hamda haqiqiy foydalanish holatiga bogʻliq.
  10. Maʼlumotlar simulyatsiya qilingan muhitdagi laboratoriya sinovlariga asoslanadi. Haqiqiy natijalar farq qilishi mumkin. Haqiqiy unumdorlikni standart deb qabul qiling.
  11. Bu mahsulot SGS besh yulduzli umumiy tushib ketishga chidamlilik sertifikatini olgan. Nazorat qilinadigan laboratoriya sinovlari sharoitida, sinov elementlari bir nechta burchak ostida tushib ketish, balandlikka chidamlilik va bir necha marta tushirib yuborish sinovlarini oʻz ichiga oladi. Haqiqiy natijalar atrof-muhit shart-sharoiti va sinov sozlamalariga qarab farq qilishi mumkin. Tarkibida nozik qismlar mavjudligi sababli, tushirib yuborilsa yoki toʻqnashsa telefonning baribir shikastlanishi xavfi mavjud. Kundalik foydalanishda telefoningizni tushirib yubormang yoki biror joyga urib olmang.
  12. Bu mahsulot nazorat ostidagi laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtkazilgan hamda unga IEC 60529-2013 standarti asosida IP65 reytingi berilgan. IP65 suvga chidamlilik sinovi shart-sharoiti: Sinalayotgan telefondan 2,5-3 metr masofada uzluksiz 3 daqiqa purkagan uchlikning suv oqimi tezligi (12.5±0.625) L/daq. Bu mahsulot professional suvga chidamli telefon emas. Tomchi, suv va changga chidamlilik xususiyati doimiy emas va kundalik foydalanish natijasida kamayishi mumkin. Kundalik foydalanish paytida telefonni suvga botirmang yoki dengiz suvi yoxud ichimliklar kabi boshqa suyuqlik va eritmalarga solmang. Telefonni namligida quvvatlamang; Bunday holatda uni darhol tozalang va quriting. Suyuqlik kirishi oqibatidagi shikastlanish kafolat bilan qoplanmaydi.
  13. Piksel qiymati har xil kamera rejimlarida farq qilishi mumkin va haqiqiy foydalanish holatiga bogʻliq.
  14. Kamera unumdorligi standart laboratoriya sharoitida oʻtkazilgan sinovlarga asoslanadi. Haqiqiy natijalar tasvirga olish muhiti, yoritish shart-sharoiti va foydalanish odatlariga qarab farq qilishi mumkin. AI Aura nuri kabi funksiyalar va kengaytirilgan portret sozlamalari dasturiy yangilanishlar yoki mintaqada taqdim etilishiga qarab biroz farq qilishi mumkin. Muayyan rejimlar yoki sozlamalar tasvirning aniqlik darajasiga taʼsir qilishi mumkin.
  15. 32 MP selfi kamera unumdorligi boshqariladigan laboratoriya sharoitida oʻtkazilgan sinovlarga asoslanadi. Haqiqiy natijalar atrof-muhitning yoritilish darajasi, tasvirga olish shart-sharoiti va foydalanuvchi sozlamalariga qarab farq qilishi mumkin.
  16. AI Tozalash 2.0 va AI Yaxshilash kabi AI funksiyalari vivo laboratoriya sinovlariga asoslanadi hamda muayyan holatlar uchun optimallangan. Haqiqiy natijalar tasvirning murakkabligi, yoritish shart-sharoiti va foydalanuvchi sozlamalariga qarab farq qilishi mumkin. Unumdorlik dasturiy yangilanishlar tufayli ham farq qilishi mumkin.
  17. AI SuperLink FPC antenna yechimi yordamida amalga oshirilgan.
  18. Unumdorlik maʼlumotlari vivo laboratoriyalari natijalariga asoslanadi hamda atrof-muhit, qurilmadan foydalanish va maxsus dasturiy yangilanishlarga qarab farq qilishi mumkin. Snapdragon® 685 texnik xususiyatlari mintaqalar yoki modellarda farq qilishi mumkin. Haqiqiy unumdorlik tarmoq holati va dastur talablariga qarab farq qiladi.
  19. Kengaytiriladigan RAM xotira dastur yordamida amalga oshiriladi va RAM imkoniyatlari ichki xotiradan foydalanib kengaytiriladi. Mavjud haqiqiy xotira hajmi va unumdorlik qurilma modeli, dastur versiyasi va turli foydalanish muhitida farq qilishi mumkin. Ilovalar orasida almashish va vazifalarni bajarish unumdorligi muayyan ilovaning ishlashi hamda qurilmaning qanday optimallanganiga bogʻliq.
  20. Hi-Res Audio sertifikati yuqori aniqlikdagi audio kontent bilan muvofiqlikni taʼminlaydi. Haqiqiy tovush sifati fayl formati, audio manbasi va ijro qurilmasiga qarab farq qilishi mumkin.
  21. 400% tovush balandligi haqidagi maʼlumot muayyan sinov sharoitlarida standart tovush balandligi darajalarini taqqoslaydigan vivo laboratoriyalari natijalariga asoslangan. Audio unumdorligi atrof-muhit omillari, qurilma sozlamalari va audio kontentga qarab farq qilishi mumkin.
  22. “50 oylik qulay taassurot” ushbu modelning vivo laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, dasturiy va apparat qismida keng qamrovli texnik optimallashlar amalga oshirilganini bildiradi. Lekin, bu kechikish umuman yuz bermaydi, degani emas. Tarmoq holati, dasturiy yangilanishlar va individual foydalanish odatlaridagi farqlar tufayli haqiqiy taassurot ham farq qilishi mumkin.
  23. Video fon rasmlaridan foydalanish imkoniyati Funtouch OS versiyasi va qurilma modeli bilan muvofiqlikka bogʻliq.
  24. Chaqiruv ekani fonini oʻzgartirish Funtouch OS versiyasiga bogʻliq. Funksiyalar ayrim mintaqa yoki tarmoqlarda dastaklanmasligi mumkin. Ularning mavjudligi tizim yangilanishlari va foydalanuvchi sozlamalariga qarab farq qilishi mumkin.
  25. Mahsulot sunʼiy hosil qilingan yengildan moʻtadilgacha yomgʻir sharoitlarida 12 soatlik sinovdan oʻtgan, ammo moʻtadil yoki kuchli yomgʻir sharoitlarida bu qurilma chidamli boʻlmasligi mumkin. Haqiqiy foydalanish taassurotiga qarang.