Bu Cookie-fayllar siyosatida vivo Mobile Communication Co., Ltd. (keyingi oʻrinlarda, “biz” yoki “bizga” deb yuritiladigan, No.1, vivo Road, Chang'an, Dongguan, Guangdong, China manzili bilan registratsiya qilingan) veb-sayt va boshqa xizmatlarimizda (keyingi oʻrinlarda “Xizmat” deb yuritiladi) tomonidan foydalanilishi mumkin boʻlgan cookie-fayllar va oʻxshash texnologiyalarning turlari tavsiflanadi. Bu Siyosatda cookie-fayllar oʻxshash texnologiyalarni qanday boshqara olishingiz ham tavsiflanadi va oʻxshash texnologiyalarning.
1. Cookie-fayllar va oʻxshash texnologiyalar nima?
Cookie-fayl – bu saytga tashrif buyurganingizda veb-sayt tomonidan kompyuter yoki mobil qurilmangizda saqlanadigan kichik hajmli matn faylidir. Cookie-fayllar bizga Xizmatlarimizdan foydalanish taassurotingizni moslash, shaxsiy sozlamalaringizni muayyan vaqt davomida eslab qolish hamda reklamalar va veb-qidiruvlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Cookie-fayllar foydalanilgan terminal qurilmaga aloqador axborotni saqlaydi. Lekin, bu shaxsingiz haqida darhol maʼlumot olishimizni bildirmaydi. Cookie-fayl kontenti faqat ushbu cookie-faylni yaratgan server tomonidan olinishi va oʻqilishi mumkin.
Biz piksellar yoki veb-mayoqlar kabi Cookie-fayllarga oʻxshash boshqa texnologiyalardan ushbu cookie-fayllar taqdim etadigan maqsadlarda foydalanishimiz mumkin. Xizmatlarimizdagi piksellar Xizmatlarimizdan foydalanishni tahlil qilish yoki sizga yanada mos kontent va reklamalarni taqdim etish uchun qurilmangizdan oʻqilgan axborotlarni serverlarimiz va/yoki uchinchi tomon serverlariga ham yetkazadi. Bu piksellar turkumlanadi va cookie-fayllar kabi boshqariladi. Biz ushbu siyosat maqsadlari uchun yuqoridagi barcha texnologiyalarni birgalikda “Cookie-fayllar” deb ataymiz.
Biz cookie-fayllar yoki oʻxshash texnologiyalar orqali biror shaxsni bevosita aniqlash, bogʻlanish yoki joylashuvini aniqlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan axborotlar (masalan, ismlar, telefon raqamlari, email manzillari, GPS koordinatalari yoki boshqa joylashuvlar va hokazolar) olinmasligi uchun imkoniyatimizdagi barcha choralarni koʻramiz. Lekin, odatda yakuniy foydalanuvchining psevdo-anonim identifikatorlari (masalan, psevdo-anonim cookie-fayl IDlari, psevdo-anonim reklama IDlari va hokazo), IP manzillar va qurilmalar/brauzerlar haqidagi boshqa asosiy axborotlarni olishimiz zarur.
Unutmang, Xizmatimizdan birinchi marta foydalanganingizda, sizga Cookie-fayl banneri koʻrsatiladi va ushbu Cookie-fayllar siyosati taqdim etiladi. Agar Xizmatlardan foydalanishda davom etsangiz, maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun ushbu Cookie-fayllar siyosatiga muvofiq cookie-fayllardan foydalanishimiz haqidagi maʼlumotlarni oʻqigan va rozilik bergan hisoblanasiz.
2. Cookie-fayllar: Turlari, turkumlari va ishlatilish maqsadlari
2.1 Turlari
Biz cookie-fayllarni ikki turga ajratamiz:
a) Asosiy cookie-fayllar
Asosiy cookie-fayllar oʻzingiz tashrif buyurgan veb-saytlar, yanada aniqrogʻi, veb-saytning domeni tomonidan joylanadi. Deyarli barcha veb-saytlar asosiy cookie-fayllarni veb-saytlar va ulardagi funksiyalardan qulay foydalanishni taʼminlash uchun ishlatishi zarur. Asosiy cookie-fayllarda saqlanadigan axborotlar faqat siz tashrif buyurgan veb-sayt tomonidan oʻqilishi mumkin.
b) Tashqi cookie-fayllar
Asosiy cookie-fayllar – bu siz tashrif buyurayotgan domendan boshqa domenlar tomonidan oʻrnatiladigan cookie-fayllardir. Xizmatimizda tashqi veb-sayt yoki xizmat kontenti ham koʻrsatilishi, natijada uchinchi tomonlarning cookie-fayllari qurilmangiz yoki brauzerda saqlanishi va bunday uchinchi tomon ularga kirishi mumkin. Biz bunday uchinchi tomonlarning ushbu cookie-fayllarni saqlashi va ishlatishini nazorat qilmaymiz. Biz bunday tashqi provayderlarning Cookie-fayllardan foydalanishi haqida maʼlumot olish uchun ularning veb-saytlarida maxfiylik siyosatlari bilan tanishishingizni tavsiya qilamiz.
2.2 Turkumlari va ishlatilish maqsadlari
Cookie-fayllar turli maqsadlarga asosan toʻrtta turkumga boʻlinishi mumkin:
a) Mutlaqo zarur cookie-fayllar
Bular veb-sayt va boshqa xizmatlarimizning ishlashi uchun talab qilinadigan cookie-fayllardir. Ularga veb-saytimizning himoyalangan qismlariga kirish imkonini beradigan cookie-fayllar kirishi mumkin; ushbu cookie-fayllarsiz xarid savatchalari va veb-sayt haqidagi axborotni koʻrsatish kabi xizmatlarni sizga taqdim eta olmaymiz.
b) Funksional imkoniyatlar cookie-fayllari
Bunday cookie-fayllar veb-saytimizga qayta kirganingizda yoki boshqa xizmatlarimizda hisobingizga kirganingizda sizni aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, sizga mintaqangiz uchun moslangan va mahalliylashtirilgan xizmatni koʻrsatish uchun biz geografik joylashuvingiz haqidagi axborotni cookie-faylda saqlashimiz mumkin.
c) Tahliliy/Unumdorlik cookie-fayllari
Bu cookie-fayllar bizga tashrifchilar va tashrif manbalarining sonini aniqlash va hisoblash hamda veb-sayt va boshqa xizmatlarimizning ishlash usulini yaxshilashimizga yordam berish uchun tashrifchilarning Xizmatimizda qanday harakatlanishini, masalan, qaysi sahifalarga eng koʻp kirganingizni koʻrish imkonini beradi.
Biz, hech qanday cheklovsiz, Google Analytics (“GA”), Contentsquare (“CS”) va shunday tahlil/unumdorlik cookie-fayllaridan shunday maqsadlarda foydalanamiz.
Google tomonidan koʻrsatilganidek, GA cookie-fayllari tomonidan yaratilgan axborotlar odatda Google serverlarida saqlanadi va IP manzilingiz Google tomonidan oldindan qisqartiriladi. Toʻliq IP manzilingiz faqat istisnoli holatlarda Google serverlariga yuboriladi va u yerda qisqartiriladi. Google bizning nomimizdan ushbu axborotlardan veb-saytdagi faollik haqida hisobotlar yaratish hamda veb-saytdagi faollik va Internetdan foydalanishga doir boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanadi. Brauzeringizdan Google Analytics xizmatining bir qismi sifatida yuborilgan IP manzil Google tomonidan saqlanadigan boshqa maʼlumotlarga bogʻlanmaydi. Batafsil maʼlumot uchun https://support.google.com/analytics/#topic=1008008 havolasi orqali GA Yordam markaziga tashrif buyuring.
CS cookie-fayllari tomonidan yaratilgan axborotlar Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududidagi CS serverlarida saqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun https://contentsquare.com/services-privacy-policy/ sahifasida Contentsquare xizmatlari maxfiylik siyosati bilan tanishing.
Tahliliy/Unumdorlik cookie-fayllarini saqlash muddati odatda muayyan cookie-faylning maqsadiga qarab veb-sahifalarni koʻrishingiz davomiyligidan 13 oygacha farq qiladi.
d) Maqsadli cookie-fayllar
Bu cookie-fayllar sizning Xizmatimizdan foydalanishingiz, siz kirgan sahifalar hamda ochgan havolalarga tashriflaringizni qayd qiladi. Biz ushbu axborotlardan Xizmatimiz yoki reklamalarni qiziqishlaringizga yanada moslash uchun foydalanamiz. Biz ushbu axborotlarni bunday maqsadlar uchun ehtiyotlik bilan tanlangan TikTok, Google va Twitter kabi uchinchi tomonlarga ham ulashishimiz mumkin. TikTok piksellari tomonidan yaratiladigan axborotlar ularning Singapurdagi serverlarida saqlanadi. Batafsil axborot uchun https://www.tiktok.com/legal/page/global/cookie-policy/en sahifasida TikTok Platforma cookie-fayllar siyosati bilan tanishing. Yuqorida aytilganidek, GA cookie-fayli tomonidan yaratilgan axborotlar odatda Maqsadli cookie-fayllar bilan boʻlgani kabi Google serverlarida saqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun https://support.google.com/analytics/#topic=1008008 havolasi orqali GA Yordam markaziga tashrif buyuring.
Biz va ehtiyotlik bilan tanlangan biznes hamkorlarimiz mahsulotlar va xizmatlarimiz haqidagi reklamalarni tashqi veb-saytlarda namoyish qilganimizda, mijozlarimizning qaysi saytlar va reklamalarni koʻrgani va qaysi reklamalar bilan oʻzaro aloqa qilganini aniqlash uchun maqsadli cookie-fayllardan foydalanishimiz mumkin. Bu cookie-fayllar tomonidan olingan axborotga asosan tashqi veb-saytlar sizga qiziqishlaringizga yanada mos reklamalarni taqdim etishi mumkin. Siz cookie-fayllarga aloqador parametrlarni ushbu tashqi veb-saytlarda sozlay olishingiz mumkin. Bu cookie-fayllar haqidagi tafsilotlar uchun ularning maxfiylik siyosatlari bilan tanishing:
TikTok: https://www.tiktok.com/legal/page/row/privacy-policy/en
Google: https://policies.google.com/privacy
Twitter: https://twitter.com/en/privacy
e) Boshqa cookie-fayllar
Bu cookie-fayllar uchinchi tomonlarga tegishlidir va muhim emas.
3. Cookie-fayllarni boshqarish – Brauzer sozlamalari
Koʻpgina zamonaviy brauzerlar cookie-fayllarni oʻz xohishingizga binoan boshqarish (cookie-fayllarni oʻchirish, bloklash va ruxsat berish sozlamalari) imkoniyatini taklif qiladi.
Quyida keng tarqalgan brauzerlarda cookie-fayllarni qanday boshqarish haqida batafsilroq axborot olishingiz mumkin:
• Havola: “Google Chrome”
• Havola: “Internet Explorer”
• Havola: “Firefox”
• Havola: “Microsoft Edge”
• Havola: “Apple Safari”
Ayrim cookie-fayllarni istalgan payt faolsizlantira olasiz, lekin, agar ularni faolsizlantirsangiz, keyin Xizmatning ayrim qismlaridan foydalana olmasligingiz mumkin.
4. Biz bilan aloqa
Agar ushbu Cookie-fayllar siyosati yoki shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz yuzasidan savollaringiz boʻlsa, biror muammo haqida xabar berish yoki Axborot muhofazasi boʻyicha xodimimiz bilan bogʻlanish yoxud maʼlumotlarni himoyalash va maxfiylik qonunlariga doir huquqlaringizdan foydalanishni xohlasangiz, bu yerni bosing. Biz soʻrovingizni har qanday holatda ham maʼlumotlarni himoyalashga doir amaldagi qonunlarda belgilangan muddatda hal qilishga harakat qilamiz.
Bu Cookie-fayllar siyosatida aytib oʻtilgan barcha amaliy xatti-harakatlar bizning Maxfiylik siyosatimizga muvofiq amalga oshiriladi, unda bizning amaliyotimiz tafsilotlari bilan tanishishingiz ham mumkin.