vivo

Bosh sahifa

>

Kafolat shartlari

vivo kafolat yoʻriqnomasi

А. Qaytarish, almashtirish va kafolat qoidalari

Agar quyidagi qoidalar va davlat normalari orasida ziddiyat yoki

nomuvofiqlik aniqlansa, davlat normalari amal qiladi.

Ishlab chiqarish sifati tufayli ishlashdagi kamchiliklarga quyidagi qoidalar tatbiq qilinadi (xaridni tasdiqlash hujjatini berishingiz kerak):


Asosiy qurilma va mobil telefon batareyasiga 12 oy kafolat beriladi. Zaryadlash moslamasi, quloqlik va ulash kabeliga 6 oy kafolat beriladi.

Pulini qaytarish yoki almashtirish huquqidan foydalanish uchun mijoz xaridni tasdiqlash hujjatini berishi kerak.Kompaniyamiz mahsulotning boshqa qismlariga hech qanday kafolat bermaydi (masalan,qisqa qoʻllanma, kafolat taloni va hokazo) va ularni qabul qilish yoki almashtirish maburiyatini olmaydi.

   B. Kafolat doirasida taʼmirlash yoʻriqnomasi


Kafolat faqat normal foydalanish sharoiti uchun amal qiladi. Agar mahsulot sifatidan boshqa sabablarga koʻra yoki quyidagi holatlardan birortasi tufayli zarar yetgan boʻlsa, kafolat doirasida taʼmirlab berilmaydi, ammo toʻlov evaziga taʼmirlab berilishi mumkin:


(a)  Almashtirish yoki taʼmirlash uchun berilgan kafolat muddati tugagan.


(b)  Xaridni tasdiqlash hujjati mavjud emas (ammo qurilma kafolat muddati tugamaganini isbotlasangiz, taʼmirlash mumkin).


(c)  Xaridni tasdiqlash hujjati qurilmadagi yorliqlarga mos kelmaydi yoki oʻzgartirilgan.


(d)  Mahsulot foydalanuvchi qoʻllanmasi, servis yoki qurilmaning profilaktikasidagi talablarga muvofiq tarzda


saqlanmagani tufayli zarar yetkazilgan.


(e)  Mahsulot vivo yoki uning rasmiy servis markazlaridan tashqarida ochilgani sababli zarar yetkazilgan.


(f)  Fors-major holatlari tufayli zarar yetkazilgan; tabiiy eskirgan (gʻilof, tugmalar, ekran va aksessuarlar).


(g)  Notoʻgʻri ishlashi, kamchilik yoki nosozliklar vivo bilan aloqador emas.


(h)  Originaldan boshqa aksessuarlar (zaryadlash moslamasi, kabel) ishlatilgani sababli zarar yetkazilgan qurilmalar kafolat doirasida almashtirilmaydi yoki taʼmirlanmaydi.



Foydalanuvchining xatosi (suvga botirish, tushirib yuborish) tufayli jiddiy zarar koʻrgan qurilmalarni taʼmirlash uchun mijoz bilan servis markazi taʼmirlash boʻyicha tegishli shartnoma tuzishi kerak.


 Qurilmani almashtirish yoki taʼmirlash har qanday vivo servis markazida amalga oshirilishi mumkin.


 Kafolat muddatida almashtirilgan barcha qismlar, komponentlar va aksessuarlar vivoga tegishli.


В. Qurilmani taʼmirga yuborish va qurilmani olish


Mijoz taʼmirlash varaqasini tushunarli dastxatda tegishlicha toʻldirishi kerak. Maʼlumotlarni bexato kiriting: ism, manzil, telefon raqami va nosozlik tavsifi.


 Qurilmani taʼmirga yuborishdan oldin mahsulotdagi barcha muhim maʼlumotlarni (masalan, telefon raqamlarini) oʻchib ketmasligi uchun zaxiralab oling.


 Taʼmirlanganidan keyin qurilmani olish uchun mahsulotni yuborish shaklining nusxasini bering va servis markazidan taʼmirlash qaydini soʻrang. Agar taʼmirlashdan keyin mahsulotni yuborish shaklini yoʻqotgan boʻlsangiz, servis markaziga xabar bering va pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim eting. Bu holda qurilmani 7 kun ichida olasiz.


Agar chek orqali toʻlagan boʻlsangiz, pul tushganidan keyingina qurilmani olishingiz mumkin.