vivo TWS 3e
Tiniq tinglash zavqi
Intellektual shovqinni pasaytirish/bartaraf qilish 1
Tovush toʻlqinlarini bartaraf etadigan va sizga sokin qahva, yotoqxona yoki tartibsizliklar orasida shaxsiy vohangiz osoyishtaligini taqdim etadigan shovqinni intellektual pasaytirish funksiyasini sinang. Kiring, sozlang va sof, uzluksiz musiqadan rohatlaning.
pic
AI suhbatda shovqinni kamaytirish
12% yuqoriroq unumdorlik 2
Mikrofonning shamol shovqiniga chidamliligi oshirildi.
Suhbatda shovqinni kamaytirish
AI inson eshitishini simulyatsiyalash, ovozlarni saqlash va fondagi shovqinni olib tashlash uchun murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Kesishgan havo kanali dizayni
Yangilangan akustik boshqaruv tuzilishi shovqin rezonansini sezilarli kamaytiradi.
Shamol shovqinini kamaytiradigan dizayn
Shamol shovqiniga qarshilikni kuchaytirish uchun havo oqimini kamaytiradigan boʻshliq yaratildi.
pic
Ohangdan bahra oling
pic
*Advertising creativity only. For actual experience,
please refer to the actual product.
Yuqori aniqlikdagi
karnay drayveri
Zamonaviy bionik kompozit kashmir biotolali diafragmadan ishlangan karnaylar tabiiy va mayin tovush chiqaradi. Tovush gʻaltagi nafis yuqori chastotalar uchun yengilroq mis simdan yaratilgan. Golden Ear akustika jamoasi past chastotali tovushni yetkazib berish uchun 11 mm katta ovoz blokini birlashtiradigan tizimni yaratdi.
DeepX 3.0
tovush effektlari
Golden Ear akustik jamoasi turli stereo effektlar uchun yuqori, oʻrta va bosh sozlamalarini yaxshi sozlagan va optimallagan. Musiqa usullarini osonlik bilan almashtiring!
Super bass: Past chastotalardan zavqlaning
Hayratlanarli, jonli taassurot uchun kuchaytirilgan 20-80 Hz.
chart
Kuchaytirilgan vokal: Teranroq jaranglaydigan tiniq ovoz
Yanada hissiy kuylash uchun yaxshilangan 1000-4000 Hz chastota.
chart
Kuchaytirilgan trebllar: Toza va tiniq musiqa
Aniq, jonli va keng ovoz uchun 5000 Hz dan yuqori chastotali asboblar uchun kuchaytirilgan tiniqlik.
chart
pic
Quvvat bilan harakatlaning
Batareya ishlash muddati
Butun kunga yetadigan unumdorlik va chaqiruvlar uchun quvvatni juda kam sarflaydigan chip bilan jihozlangan boʻlib, tezligingizga mos keladi va uzluksiz, uzoq muddatli ishlashni ta’minlaydi.
Shovqinni kamaytirish funksiyasi faolsizlantirildi
42 soat 3
Quvvatlash qutisi bilan batareya quvvatini maksimal oshiring
Shovqinni kamaytirish funksiyasi faolsizlantirildi
10,5 soat 4
Quloqliklar uchun bitta batareya ishlash muddati
Shovqinni kamaytirish funksiyasi yoqildi
36 soat 5
Quvvatlash qutisi bilan batareya quvvatini maksimal oshiring
Shovqinni kamaytirish funksiyasi yoqildi
8,5 soat 6
Quloqliklar uchun bitta batareya ishlash muddati
pic
Tezkor quvvatlash 7
Qoʻshimcha 3 soat xavotirsiz tinglash uchun qutida 10 daqiqa quvvatlang!
pic
Intellektual imkoniyatlar va xavfsizlikdan bahra oling
88 ms past darajali
oʻyin kechikishi 8
Inqilobiy antenna dizayni yashin tezligida tez ishlaydigan barqaror aloqalar uchun oʻyin tovushi va vizual elementlarini birlashtiradi.
88 ms
Min. oraliq kechikish
pic
Ikkita qurilmaga ulanish
Muammosiz va xavotirsiz foydalanish uchun Bluetooth 5.3 orqali bir vaqtda ikkita qurilmani ulang.
pic
Taqish uchun qulay
Quloqlik uchlari mukammal shaklga ega va barcha quloq kanallariga taqish uchun qulay. Quloqlaringiz salomatligi uchun yuqori sifatli materiallardan ishlangan.
pic
bg
Dizayn
Vizual jozibadorlik uchun chiroyli egri chiziq bilan birga, uning yumaloq tanasi qulay ushlashni ta’minlaydi. Qulay va chiroyli taassurot uchun qutini ichkari va tashqariga osongina suring.
Yorqin Oq
Qora Indigo
IP54 9
Sifatli chang va suvga chidamli quloqlikni tanlang. Ter va changdan shikastlanish bilan xayrlashing – u beparvolik bilan tinglashga toʻliq chidamli.
pic
*Advertising creativity only. For actual experience,
please refer to the actual product.
Qulat oʻzaro aloqa
icon
Google Fast Pair xizmati
Oson juftlashga tayyor boʻling.
icon
Google Assistant xizmati
Ob-havo axborotini tekshiring yoki chaqiruv qiling – Google Assistentga kerakli narsalar haqida ayting.
icon
Taqilganlikni aniqlash
Quloqliklar yechilganida musiqa toʻxtaydi va qayta taqilganda davom etadi – hech qanday tugma kerak emas.
icon
Quloqliklarimni top 10
Unikal tovushni ijro etish orqali quloqliklarni bir zumda topish uchun telefoningizdan foydalaning.
Intellektual sensor nazorati
Ilk juftlash 11
1-qadam
Quloqliklarni qutiga soling, qopqoqni oching, keyin har ikki quloqlikning sensor sohalarini 5 soniya bosib turing. Holat indikatori oq rangda miltillagach, quloqliklar ulanish rejimiga kiradi.
2-qadam
Qurilmangizda Sozlamalar > Bluetooth va qurilmalar > Bluetooth rukniga kiring, "vivo TWS 3e" qurilmasini toping va ulash uchun bosing.
pic
Asosiy buyruqlar
icon
Sensor sohasini ikki marta bosing
Musiqa: pauza/ijro
Chaqiruv: qabul qilish/rad etish
icon
Sensor sohasini bosib turing
Shovqinni kamaytirish/shaffoflik rejimi
Chaqiruv: kiruvchi chaqiruvni rad etish
Maxsus buyruq
icon
Ixtiyoriy funksiyani ikki marta bosing
Ijro/pauza (odatiy), avvalgi tarona, keyingi tarona, ovozli yordamchini faollashtirish va hokazo.
Javobgarliklarni rad etish:
  • Yuqori sifatli shovqinni kamaytirish effektini ta’minlash uchun quloqlik uchlarining mos oʻlchamini tanlashingiz kerak.
  • Mikrofonning shamol shovqiniga chidamliligi ma’lumotlari shamol tezligi soatiga 3 mil boʻlgan hisob-kitobga asoslangan. 1000 Hz chastota nuqtasida TWS 2 shamol shovqini taxminan -80 dB; TWS 3e shamol shovqini taxminan -90 dB, bu taxminan 12% yaxshilanishdir.
  • 42 soatlik batareya ishlash muddati laboratoriyamizda normal harorat sharoitida sinovdan oʻtkazilgan. Quloqliklar va quvvatlash qutisi toʻliq quvvatlangan (100%) hamda ularda 50% tovush balandligida MP3 formatidagi musiqa AAC kodekdan foydalangan holda tovush effektlari va ANC shovqinni kamaytirish funksiyasini yoqmagan holda uzluksiz tinglangan. Sikl takrorlanadi: quloqliklarda quvvat 0% qolguniga qadar tinglang, quti bilan 100% quvvatlang va tugaguniga qadar ijroni davom ettiring. Unutmang, haqiqiy foydalanish turli muhitlar, dastur versiyalari va foydalanish odatlari tufayli batareya ishlash muddatining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin.
  • 10,5 soatlik batareya ishlash muddati laboratoriyamizda normal haroratda sinovdan oʻtkazilgan. Optimal shart-sharoitda – quloqliklar va quvvatlash qutisi toʻliq quvvatlanganida MP3 formatdagi musiqani (50% tovush balandligida, AAC kodek bilan), tovush effektlari va ANC shovqinni kamaytirish funksiyasi faolsizlantirilgan – garnitura batareyasi 0% ga yetguniga qadar uzluksiz tinglash. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati sinov shart-sharoiti, dasturiy ta’minot versiyalari va individual foydalanish usullariga qarab farq qilishi mumkin.
  • 36 soatlik batareya ishlash muddati laboratoriyamizda standart sharoitida sinovdan oʻtkazilgan. Biz AAC kodek bilan 50% tovush balandligida MP3 formatidagi musiqani tovush effektlarisiz va ANC shovqinni kamaytirish funksiyasini yoqqan, quloqliklar va quvvatlash qutisini toʻliq quvvatlagan holda uzluksiz ijro etamiz. Biz quloqliklarni qutidan foydalanib 100% quvvatlaymiz, keyin har ikkisi toʻliq tugagunicha bir xil sharoitlarni takrorlaymiz. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati sinov muhiti, dasturiy ta’minot versiyalari va foydalanish usullariga qarab farq qilishi mumkin.
  • Belgilangan 8,5 soatli batareya ishlash muddati standart muhitdagi laboratoriya sinovlariga asoslanadi: AAC kodek bilan MP3 formatidagi musiqani 50% tovush balandligida, tovush effektlari yoqilmagan va ANC shovqinini kamaytirish funksiyasi yoqilgan holda, quloqliklarda va quvvatlash qutisida 100% quvvatdan boshlab batareya quvvati tugagunicha ijro etish. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati turli sinov sharoiti, dastur versiyalari va individual foydalanish usullariga qarab farq qilishi mumkin.
  • Quvvatlagich va quvvatlash qutimizdan foydalangan holda, standart sharoitlarda oʻtkazgan laboratoriya sinovlariga asosan, quloqliklarni 0% batareya quvvatida 10 daqiqa quvvatlash va AAC kodek bilan 50% tovush balandligida MP3 formatidagi musiqani batareya quvvati tugaguniga qadar, ANC yoki hech qanday tovush effektisiz ijro etish. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati sinov parametrlari, dasturiy versiyalari va foydalanish odatlari tufayli farq qilishi mumkin.
  • 88 ms past kechikish darajasi moslangan vivo smartfonlarida mavjud. Batafsil axborot uchun sotuvdan keyingi xizmatlarga murojaat qiling.
  • Bu mahsulot IEC 60529 standartida IP54 tomchi, suv va changga chidamlilik reytingi bilan baholangan hamda nazorat ostidagi laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtkazilgan. Tomchilar, suv va changga chidamlilik xususiyati doimiy emas hamda kundalik foydalanish natijasida pasayishi mumkin. Nam holatdagi quloqliklarni quvvatlamang. Tozalash va quritish koʻrsatmalari uchun Sozlamalardagi Xavfsizlikka oid axborot bilan tanishing. Suyuqlikning kirishi oqibatidagi shikastlanish kafolat bilan qoplanmaydi.
  • Jovi, xabarni eshittirish, real vaqtdagi tarjima, quloqlikni topish va smart yangilanishlar kabi kengaytirilgan funksiyalarni taqdim etish uchun qurilmangizda tizim xotirasi 6 GB yoki ortiq boʻlishi kerak. Unga Android 9 va Funtouch OS 9.2 yoki keyingi versiyasi oʻrnatilgan boʻlishi hamda 9.2.5.9 yoki keyingi versiyasiga yangilangan TWS ilovasi ham zarur. TWS versiyasini tekshirish uchun Sozlamalar > Bluetooth sozlamalari > Garnitura nomi > Oʻngga strelka > TWS ilovasini yangilash rukniga kiring.
  • Quvvatlash qutisini birinchi marta ochgan yoki dastlabki sozlamalarni tiklaganingizda yangi vivo TWS 3e garniturasi avtomatik juftlanadi.
  • Moslangan vivo smartfonlarida chuqurroq moslashtirish imkoniyati mavjud. Batafsil axborot uchun sotuvdan keyingi xizmatlarga murojaat qiling.
  • Faqat ijodiy reklama. Tafsilotlar va konfiguratsiyalar uchun haqiqiy mahsulotga qarang.
  • Barcha axborotlar texnik dizayn parametrlarimizga, laboratoriya sinovlari natijalarimizga va ta’minotchining sinov ma’lumotlariga asoslanadi. Haqiqiy texnik xususiyatlar dasturiy ta’minot versiyasiga, maxsus sinov muhitiga va telefon modeliga qarab farq qilishi mumkin. 
  • Mahsulotning ayrim xususiyatlari, parametrlari yoki qismlari ta’minotchining oʻzgarishi yoki ishlab chiqarishning turli partiyalari sababli oʻzgarishi mumkinligi uchun vivo oldindan ogohlantirmasdan bu sahifadagi tavsiflarni mos ravishda yangilashi mumkin. Foydalanishdan oldin bu sahifani diqqat bilan oʻqib chiqishingizni soʻraymiz.