Ochiq eshiklar kuni qanday o'tdi?

2024 yil 3 yanvar

Yaqinda biz o'ziga xos tadbir o'tkazib, TUIT talabalari va universitet rahbariyatini servis markazimizga taklif qildik. Bu ekskursiyadan ko'ra zavqliroq tajriba bo'ldi. Mehmonlarimiz smartfonlarni ta'mirlash haqida bilib oldilar va hattoki o'z mahoratlarini sinab ko'rdilar, kompaniyamiz tarixi va eng so'nggi smartfon modellari bilan tanishdilar.

Tadbir juda qiziq, iliq va taassurotlarga boy bo'ldi. Videoni tomosha qiling va biz bilan ushbu muhitni his eting.