V27 Seriyasi smartfonlari foydalanuvchilari uchun vivo servis markizidan maxsus imtiyozlar kartasi.

2023 yil 26 aprel

Ushbu karta faqatgina vivo V27 va vivo V27e smartfonlarini xarid qilgan foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.

 

1. Qo'shimcha kafolat 

 

Karta egasiga ishlab chiqaruvchining kafolat talonida ko'rsatilgan shartlarga teng ravishda qo'shimcha 1 yillik kafolat taqdim etiladi.

 

2. Vaqtinchalik foydalanish uchun smartfon

 

Ta'mirlash ishlari davomida Foydalanuvchi vaqtinchalik foydalanish uchun o'xshash klassifikatsiyadagi (V seriyali) smartfonni olish huquqiga ega.

 

3. Bepul himoya g'ilofi va plyonka

 

"Servis kunlari" aksiyasi davomida Foydalanuvchi har 2 oyda bir marta o'z smartfoni uchun bepul g'ilof va himoya plyonkasini olish va diagnostika xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

 

4. Aksessuarlar uchun eksklyuziv chegirmalar

 

"Servis kunlari" aksiyasi davomida Foydalanuvchi vivo rasmiy servis markazlarida eksklyuziv 35% chegirma bilan aksessuarlar xarid qilish huquqiga ega. Agar ushbu aksiya Foydalanuvchining yashash joyida amal qilmasa, mijoz ushbu xizmatni vivo qo'llab-quvvatlash xizmati orqali so'rashi mumkin: +998 55 503 20 


Qo'shimcha ma'lumot:

 

1. Toshkent shahridagi rasmiy vivo servis markaziga tashrif buyurib, siz "bir soatda tezkor taʼmirlash" xizmatidan foydalanish imkoniga ega boʻlasiz.

 

 2. Toshkent shahri hududida smartfoningizni ta'mirdan oldin va keyin "bepul yetkazib berish" xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

 

* Ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati — smartfon xarid qilingan kundan boshlab ikki yil.