Innovatsiyalarga baho bering: vivo kompaniyasining so'nggi V29 5G modeli endi O'zbekistonda!

O’zbekiston. 28.09.2023

taqdimot haqidagi fikrlar bilan oʻrtoqlashar ekanmiz: V seriya flagmanlarining yangi qo'shimchasi sifatida taniqli texnologiya brendi – vivo oʻzining V29 5G smartfonini rasman taqdim etdi. Endilikda O'zbekistonda xarid qilish mumkin bo'lgan ushbu V seriyasining smartfonlari zamonaviylik, sifatli kamera va umuman innovatsiya borasida yana oldinga qadam tashladi. Mazkur yangi smartfon integratsiyalashgan 120 Hz chastotali 3D qayrilgan hoshiyali ekranga ega bo'lib, oldingi V27 5G kabi sanoatdagi eng ingichka smartfonlar borasida yangi standartni o'rnatadi. Uning dizayni o'zida ajoyib va nafis estetikani aks ettiradi, bu esa fotografiya imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Uning diqqatga sazovor xususiyatlari orasida "Aqilli Aura Light portreti", "Super-oy" rejimi va "Taom" rejimi mavjud bo'lib, ular 50 MP avtofokusli jamoaviy selfi funksiyasi bilan ham to'ldirilgan.

 

vivo kompaniyasining V seriyasi doimiy ravishda suratga olish, dizayni va ishlashi bilan foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi. "Benfen" deb ataluvchi asosiy tamoyilimizga asoslanib, biz tadqiqot va innovatsiyalar orqali chegaralarni yanada kengaytiramiz. V29 5G tasvir va dizayndagi yutuqlarni qayd etish bilan ushbu majburiyatni o'zida aks ettiradi. Ishonchim komilki, bu mobil fotografiyani yanada yuqoriga ko'taradi va sohadagi yetakchilikni mustahkamlaydi.

 

vivo V29 5G - bu dizayn, kamera va samaradorlikning kuchli negizi bo'lib, bir qator ajoyib xususiyatlarga ega. Ko'k varianti uchun innovatsion 3D magnit zarrachalar dizaynidan va qora varianti uchun florit oynadan foydalanilgan hamda nafis, estetik dizayn teksturalari bilan ishlangan. Qurilmaning 120 Hz chastotali 3D qayrilgan hoshiyali ekrani ingichka estetik dizayn bilan uyg'unlashtirilib, foydalanuvchilar uchun o'zgacha va maftunkor vizual taassurotni beradi. O'zini ikkita o'zgacha rang variantlarida -  ko'k va qora ranglarda V29 5G modeli smartfonlar olamidagi uslub va nafosat cho'qqisini ifodalaydi.

 

Smartfon ajoyib 50 megapikselli HD kamera (AF) bilan jihozlangan bo'lib, bu sizning jamoaviy suratlar va videolaringizni tiniq va jonli bo'lishini ta'minlaydi. Avtofokusli (AF) Jamoaviy Selfi va Super Jamoaviy Video imkoniyatlarining qo'shimcha afzalliklari bilan siz ajoyib jamoaviy selfilarini suratga olishingiz va osonlik bilan yuqori sifatli videolarni yozib olishingiz mumkin. 50 MP tasvirning optik stabilizatsiyasiga (OIS) ega ultra sensorli kamera, 8 MP ultra keng burchakli kamera va 2 MP monoxrom kamera bilan birgalikda sahnalarni yuqori aniqlik bilan suratga olishda ko'p imkoniyatlarni taklif etadi. Diqqatga sazovor xususiyatlardan biri sizning shaxsiy yorug'lik dizayneringiz sifatida ishlaydigan Aqilli Aura Light portret imkoniyati mavjud. Past yorug'lik sharoitida u rang haroratini tog'ri sozlaydi, yuzingizni chiroyli yoritadi va notekis yoritilgan fotosuratlarni yorqin portretlarga aylantiradi. U hatto obyektning yuz rangi haroratini atrofdagi yorug'lik bilan uyg'unlashtiradi va portretlarni atrofdagi ranglarga moslab yaratadi. Bundan tashqari, V29 5G "Super-oy" va "Taom" kabi jozibali kamera rejimlarini taqdim etadi, bu sizga ajoyib samoviy manzaralarni, hayratlanarli oy suratlarini hamda oson va yorqin suratga olish imkonini beruvchi fotografiya uslublarini taqdim qiladi.

 

vivo V29 5G modelida Qualcomm Snapdragon® 778G protsessori bo'lib, ish va o'yin uchun uzluksiz xizmat qilishni ta'minlaydi. Qurilma 80 W quvvatga ega FlashCharge bilan jihozlangan bo'lib, u 4600 mAh quvvatli batareyaga ega. Tezkor zaryadlash texnologiyasining kiritilishi zaryadlash samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, eng zamonaviy detallarning birlashuvi kuchli va samarali V29 5G modelida uyg'unlashgan.

 

vivo V29 5G go'zallik va innovatsiyalarni mukammal birlashtirib, o'zida estetik nafislik va zamonaviy xususiyatlarni namoyish etadi. Ajoyib ranglar to'plami va ultra yupqa profili bilan samartfon birinchi qarashdayoq o'ziga jalb etuvchi ajoyib ko'rinishga ega.