vivo V30 Seriyasi foydalanuvchilari uchun servis markazidan taqdim etiluvchi imkoniyatlar.
March. 6
1. 2 yillik kafolat;
Karta egasiga ishlab chiqaruvchining kafolat talonida ko'rsatilgan shartlarga teng ravishda qo'shimcha 1 yillik kafolat taqdim etiladi.
2. 6 oy ichida singan ekranni bepul almashtirish;
Xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida mexanik shikastlangan ekranni bir martalik bepul almashtirish.
3. Vaqtinchalik foydalanish uchun smartfon;
Ta'mirlash ishlari vaqtida Foydalanuvchi vaqtinchalik foydalanish uchun o'xshash klassifikatsiyadagi (V seriyali) smartfonni olish huquqiga ega. Mazkur imkoniyat ikki yil davomida amal qiladi.
4. Bepul himoya g'ilofi va plyonka;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida ikki yil ichida Foydalanuvchi har 2 oyda bir marta o'z smartfoni uchun bepul g'ilof va himoya plyonkasini olish va diagnostika xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
5. Aksessuarlar uchun eksklyuziv chegirmalar;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida ikki yil ichida Foydalanuvchi vivo rasmiy servis markazlarida eksklyuziv 35% chegirma bilan aksessuarlar xarid qilish huquqiga ega. Agar ushbu aksiya Foydalanuvchining yashash joyida amal qilmasa, mijoz ushbu xizmatni vivo qo'llab-quvvatlash xizmati orqali so'rashi mumkin: +998 55 503 20 20