vivo

Y20

  • 5000 mA*soat hajmli batareya

  • 5000 mA*soat hajmli batareya

  • Yon qirradagi barmoq izi skaneri

  • AI uchtalik makro kamera

  • 4GB + 64GB

Koʻzni himoyalash funksiyasiga ega 6,51 duymli Halo FullView displeyi

6,51 duymli Halo FullView displeyi 20:9 tomonlar nisbati va HD+ (1600 x 720) aniqlikka ega. Endi koʻrinish avvalgidan ham kattaroq va chuqurroq hamda ekranning In-cell texnologiyasi yanada rang-barangdir. U oʻyinlar va videolar uchun billurdek tiniqlik bilan oʻziga rom qiladi. Aqlli koʻzni himoyalash rejimi zararli koʻk nurni filtrlaydi va kun davomida koʻzingiz nurini himoyalaydi.

2.5D displeyning jozibador ranglari

Mukammal tarzda silliqlangan 2.5D korpus yengil, ergonomik boʻlib, qoʻlingizda uzukka koʻz qoʻygandek joylashadi. Aql bovar qilmaydigan yangi ranglar yanada hashamat bilan sizni maftun qiladi.

Obsidian Black (Qora Obsidian):

Vulqondan otilib chiqqan shisha tosh rangidan ilhomlangan ushbu tus sehrli va jozibador koʻrinishga ega.

Nebula Blue (Moviy Nebula):

Olis koinotdan ilhomlanib olingan ushbu koʻk va binafsharang gradiyent dizayni nomaʼlum sirlarni kashf qilishga undaydi.

Yon qirradagi barmoq izi skaneri

Yon qirradagi barmoq izi skaneri bilan atigi 0,22 soniyada telefoningizni blokdan chiqaring. Ushbu aqlli yangi dizayn telefoningizdan kundalik foydalanishga tezkor va intuitiv blokdan chiqarishga moslashadi. Qoʻshimcha ravishda Face Wake texnologiyasi yarim soniyada telefoningizni blokdan chiqarish variantini taqdim etadi.

*Barcha modellar yon barmoq izi va yuz yordamida kirish funksiyalarini dastaklaydi.
*0,22s bu yon barmoq izi skaneri bilan ochish vaqtidir hamda 0,22s soniyada yoqilgan ekran hamda 0,37 soniya oʻchgan ekran bilandir. Haqiqiy ishlash tezligi haqiqiy tashqi muhitga qarab farqlanishi mumkin.
Qualcomm Snapdragon Processor + 64 GB ichki xotira

Qualcomm Snapdragon protsessori hamda 64GB xotira bilan, Y20 modeli osongina turli oʻyinlarni dastaklaydi. U, shuningdek, sizga istagancha ilovalarni oʻrnatish va ishlatish imkonini beradi. Uchtalik karta uyasi 256GB gacha xotirani kengaytirish imkonini beradi, natijada barcha sevimli musiqalaringizni, kinolaringizni, fotosuratlaringizni va filmlaringizni saqlash imkonini beradi.

*256GB gacha xotirani dastaklaydi. Micro SD kartasi alohida sotib olinishi kerak.
  • 4GB

    RAM

  • 64GB

    ROM

5000 mA*soat hajmli batareya
5000 mA*soat hajmli batareya

5 000 mA*soat (TYP) super hajmli batareya hatto eng murakkab quvvat vaziyatlarida ham chidab beradi. Sunʼiy intellektli quvvat saqlash texnologiyasi bilan bir martalik toʻliq quvvatlash 16 soat davomida onlayn HD film koʻrish imkonini beradi, yoki 11 soat davomida koʻp resurs isteʼmol qiluvchi oʻyinga chidab beradi. Revers quvvatlash xususiyati, shuningdek, koʻchada boʻlganingizda boshqa qurilmalarni ham quvvatlab berish imkoniga ega.

*Revers quvvatlash alohida sotib olinishi kerak boʻlgan OTG kabelini talab etadi.
*Standart batareya hajmi 5000 mA*soat va nominal batareya hajmi 4910 mA*soat.
AI uchtalik makro kamera

Y20 qurilmasining AI uchtalik makro kamerasi Face Beauty, Portretni yoritish effektlari va Selfi uchun filtrlar kabi turli funksiyalarga ega. Shuningdek, qiyinchiliksiz koʻz oldingizda barcha ajoyib narsalar rakursini mohirona olingan tasvirlarga oʻzgartirishingiz mumkin. 13 megapikselli asosiy orqa kamera va f/2.2 oʻlchamli katta apertura hamda PDAF texnologiyasi bilan har bir tafsilot yorqinlashadi.

  • 13MP

    Main Camera

  • f/2.2

    Large Aperture

13MP
Main Camera
2MP
Boke effektli kamera
2MP
Super makro kamera
Boke effektli kamera

2MP Boke kamerasi yangilangan boke algoritmimiz tufayli tiniq va mukammal natija beradi. Endi portretlar sifatli jurnallar muqovasiga arzigulik tarzda yanada jonliroq, yanada chuqurroq boʻladi.

ON
OFF
Super makro kamera

Mitti va ajoyib yashiringan dunyoni koʻz oldingizga 4 sm gacha yaqinlashtirib, undan bahramand boʻling.

ON
OFF
Multi-Turbo 3.0

Bizning ekskluziv Multi-Turbo 3.0 parametrimiz tizimli darajada Markazlashgan turbo tezligini oʻz ichiga oladi hamda sunʼiy intellektli Turbo funksiyasi tizimdagi xatoliklarni (odatda uchinchi tomon ilovalari tomonidan yuzaga keladigan) yuz berishidan oldin koʻra biladi hamda tuzatadi. Yaxshiroq tarmoq ishlashi uchun, tez sovitish uchun, sunʼiy intellekt funksiyasi ravon ishlashi uchun foydalanuvchi tajribasi avvalgidan ham ajoyibroq.

Ultra Game rejimi

Ultra Game rejimi endi sizga yangi brendli Esport rejimini taqdim qiladi. Ushbu rejim kundalik oʻyin harakatingizda pro-standart intensivligini taqdim qiladi.

4D Game Vibration 2.0 sizni haqiqiy jang maydoniga olib oʻtadi, u yerda siz qalqib chiquvchi oyna optimizatsiyasi tufayli chuqur reallikka shoʻngʻiysiz. U chalgʻituvchi signallarni va kiruvchi qoʻngʻiroqlarni olib tashlaydi va sizning butun eʼtiboringizni gʻolib boʻlishga qaratadi.

Yangi qoʻshilgan oʻyin albomi va ekran yozib olish funksiyasi yondagi silash tumblerigabirgina teginish bilan faollashtirilishi mumkin. Barcha ekrandagi tasvir va yozuvlaringiz avtomatik tarzda tegishli Oʻyin albomida saqlanadi.

Aqlli oʻyin ortga hisoblash funksiyasi avataringiz qayta hayotga kelishdan avval doimo sizni eslatib turadi, sizni doim tekshirib turishdan forigʻ qiladi – ayniqsa ijtimoiy tarmoq yangilanishlari va koʻpgina boshqa narsalar uchun. Koʻchib yuruvchi oyna ortga hisoblashni koʻrsatib turadi, va u toʻxtashi bilan bir marta tegish bilan sizni harakatga qaytaradi.

Funtouch OS 10.5
Dinamik effektlar

Sozlamalardagi yangi xususiyat sizga ekran animatsiyalarini shaxsiy sozlash uchun qator parametrlarni taqdim qiladi. Undan telefon blokdan chiqqanda, yuzingizni taniganda va boshqa koʻpgina oʻzaro harakatlarda foydalanish mumkin.

EasyShare Telefonni tezkor nusxalash

Barcha maʼlumotlaringizni koʻchirish muammosi sizni yangi telefondan bahramand boʻlishdan chalgʻitishiga yoʻl qoʻymang. EasyShare funksiyasi birgina tegish bilan barcha maʼlumotlaringizni yangi Y20 telefoningizga tez koʻchiradi. Koʻchirishni vaqti keldi.

iManager Sizning mobil yordamchingiz

Eʼtiborli iManager vivo foydalanuvchilarini zerikarli kundalik vazifalardan forigʻ qiladi. Telefoningizni tozalash yoki muammolarni skanerlash kabi vazifalarini kechqurunga sozlab qoʻying. Kechasi miriqib uxlayotgan paytingizda iManager telefoningizni yaxshi holatda saqlaydi.

Ogohlantirish:

  • 1. Diagonal ravishda oʻlchanganda ekran oʻlchami toʻliq toʻgʻri burchakda 6,51 duymdir. Haqiqiy ekran sohasi bir oz kichikroq.
  • 2. Mahsulotning keltirilgan rasmlari va xususiyatlari faqat maʼlumot uchun, ekrandagi tasvirlar simulyatsiya qilingan va faqat namoyish uchun moʻljallangan. Faqat haqiqiy mahsulotni etalon sifatida qabul qiling.
  • 3. Barcha maʼlumotlar bizning texnik parametrlarimiz, laboratoriya sinov natijalarimiz va yetkazib beruvchi sinov maʼlumotlariga asoslangan. Haqiqiy ishlash quvvati dasturiy ta'minotga, maxsus sinov muhitiga va telefon modeliga bogʻliq. Ushbu sahifada keltirilgan barcha qiyoslashlar faqatgina vivo mahsulotlariga taalluqlidir.
  • 4. Ayrim texnik parametrlar yoki mahsulotning ayrim qismlari yetkazib beruvchining kiritgan oʻzgartirishlari yoki boshqa mahsulot partiyasi farqlanishi tufayli, vivo oldindan xabardor qilmasdan ushbu sahifadagi tavsiflarni yangilashi mumkin. Foydalanishdan avval ushbu sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing.
  • 5. Kameraning turli rejimlarida piksellar qiymati foydalanish maqsadiga qarab oʻzgarishi mumkin.
  • 6. Onlayn oʻynash vaqti: Toʻliq quvvat bilan, 4G tarmoq ulanishi, 150cd/m² ekran yorugʻligi va 63dB (A) ovoz balandligi bilan Y20i/Y20/Y20s PUBGni standart sozlamalar bilan 11 soatgacha uzluksiz oʻyin vaqtida oʻynashlari mumkin. Muayyan sharoitlarga qarab oʻyin oʻynash vaqti farqlanishi mumkin.
  • 7. Onlayn videoni oqimli uzatish vaqti: Toʻliq quvvat bilan, 4G tarmoq ulanishi, 150cd / m² ekran yorugʻligi va 63dB (A) ovoz balandligi bilan Y20i/Y20/Y20s YouTubeda 16 soatgacha uzluksiz translyatsiya vaqtida video tomosha qilishlari mumkin. Muayyan sharoitlarga qarab oqimli uzatish vaqti farqlanishi mumkin.