Ushbu karta egasi quyidagi imtiyozlarga ega
2025 yil 21 oktyabr

1. 2 yilikl kafolat;
Karta egasiga Ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat talonida e'lon qilingan shartlarga tenglashtirilgan shartlarda qo'shimcha 1 yillik kafolat olish imkonini beradi.
2. 6 oy davomida singan ekranni bepul almashtirish;
Smartfon xarid qilingan kundan boshlab olti oy davomida mexanik shikastlangan ekranni bir marta bepul almashtirish.
3. Vaqtincha foydalanish uchun telefon olish;
Ta'mirlash ishlari davrida Foydalanuvchi vaqtinchalik foydalanish uchun shunga o'xshash tasnifdagi smartfonni (faqat V seriyali, V Lite bundan mustasno) olish huquqiga ega.
4. G'ilof va plyonkani bepul olish;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida Foydalanuvchi har 2 oyda bir marta o'z smartfoni uchun bepul himoya g'ilofi va plyonka, shuningdek diagnostika olish huquqiga ega.
5. Aksessuarlarga eksklyuziv chegirma;
"Servis kunlari" aksiyasi davomida Foydalanuvchi aksessuarlarni rasmiy vivo servis markazlarida 35% eksklyuziv chegirma bilan xarid qilish huquqiga ega. Agar Foydalanuvchining yashash joyida ushbu aksiya amal qilmasa, mijoz ushbu xizmatni vivo qo'llab-quvvatlash xizmati orqali so'rov yuborish imkoniga ega: +99855 503 20 20
Qo'shimcha ma'lumot:
1. Toshkent shahridagi rasmiy vivo servis markaziga tashrif buyurib, siz "Tezkor ta'mirlash 1 soatda" xizmatidan foydalanish imkoniyatiga egasiz.
2. Toshkent shahri hududida smartfoningizni ta'mirlashdan oldin va keyin "Bepul yetkazib berish" xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin.
* Imtiyozlarning amal qilish muddati smartfon xarid qilingan sanadan boshlab 2 yil.
* Ushbu imtiyozlar vivo 60 5G, vivo 60 Lite 5G, vivo 60 Lite 4G modellari uchun amal qiladi
Shartlarning yakuniy talqini huquqi vivo kompaniyasiga tegishlidir.