vivo

Shartlar va qoidalar –
#vivogiveitashot kampaniyasi

“#vivogiveitashot kampaniyasi” (“kampaniya”) vivo tomonidan tashkil etiladi va targ‘ib qilinadi hamda quyidagi shartlar va qoidalarga amal qiladi.
Kampaniyada ishtirok etish uchun ko‘rsatmalarni bajaring hamda siz va vivo Mobile Communication Co., Ltd. (“vivo”) o‘rtasida majburiy kelishuvni tashkil etadigan quyidagi shartlar va qoidalarni qabul qiling.

Qanday ishtirok etiladi

1.1 Bu kampaniya 2022-yil 21-oktabrdan 2022-yil 16-noyabrgacha davom etadi. Bu kampaniyada ishtirok etish bepul va Instagramning barcha yakuniy foydalanuvchilari uchun ochiqdir.

1.2 Instagramda post(lar)ni post sarlavhasida bosiladigan #vivogiveitashot heshtegi bilan ulashishingiz kerak. Talab qilinadigan #vivogiveitashot heshtegi bilan bitta postda bir nechta ijodiy ishlarni yuborishingiz mumkin. Har bir Ishtirokchi hadyali tanlovda maksimal bitta mukofot yutib olishi mumkin. Hisob hammaga ochiq bo‘lishi kerak, shunda yuborgan ishingiz vivo kompaniyasiga ko‘rinadi.

1.3 Agar suratga olish uchun vivo telefonidan foydalansangiz, #shotonvivo bilan Instagramda post(lar)ni ulashish. Post(lar)ingizni aniqlashni osonlashtirish imkonini beruvchi #vivogiveitashot heshtegidan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

1.4 vivo yakuniy 10 ta g‘olibni tanlaydi va yakuniy natijalar vivo ijtimoiy tarmoq kanallarida e’lon qilinadi.

1.5 Mukofot vivo hisobi e’lonlari orqali e’lon qilinadi.

1.6 Rasmiy vivo global hisobi siz bilan bevosita Instagram xabarlashuv tizimi orqali bog‘lanadi. O‘tkazib yubormaslik uchun xabarlaringizni tez-tez tekshirib turing! Agar 72 soat ichida javob bera olmasangiz, vivo buni voz kechish deb hisoblaydi.

1.7 Kampaniyada ishtirok etish orqali siz vivo kompaniyasiga kampaniyani amalga oshirish maqsadlarida bunday ijodiy asarlardan har qanday shakl va multimedia shaklida to‘liq yoki qisman butun dunyo bo‘ylab foydalanish, nusxa olish, moslashtirish, ko‘paytirish, nashr etish va namoyish qilish uchun haq olinmaydigan, qaytarib olinmaydigan, ekskluziv bo‘lmagan litsenziya berishga rozilik bildirasiz.

Mukofot

2.1 G‘olib bilan bog‘liq sabablar tufayli mukofotni topshirish mumkin bo‘lmagan hollarda (jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, aloqa axborotlarini taqdim etmaslik, vivo bilan aloqa o‘rnatishga to‘sqinlik qiluvchi to‘liq bo‘lmagan yoki xato aloqa axborotlarini taqdim etish) mukofot avtomatik ravishda bekor qilingan hisoblanadi. vivo har qanday bunday natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va bunday hollarda mukofotni qayta chiqarmaydi.

2.2 Mukofotlarni naqd pulga ayirboshlash mumkin emas. Agar kutilmagan holatlar mukofotni taqsimlashga to‘sqinlik qilsa, vivo uning o‘rniga bir xil yoki shunga o‘xshash narxdagi muqobil mukofotni chiqarish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Almashtiriladigan mukofotlarni naqd pulga ayirboshlash mumkin emas.

2.3 Mukofot oluvchilar mukofotlariga aloqador shaxsiy daromad solig‘i uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. vivo mukofotni yetkazishga aloqador har qanday ichki yoki xalqaro yuk tashish to‘lovlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

2.4 Mukofotlar vivo binolarini tark etgach, vivo shikastlangan, kechiktirilgan yoki tranzitda yo‘qolgan mukofotlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

2.5 Agar mukofot vivo mahsuloti bo‘lsa va mamlakat yoki mintaqangizda sotilmasa va/yoki mavjud bo‘lmasa, vivo sizga mukofotni yetkazib beradi, lekin mamlakat yoki mintaqangizdagi vivo do‘konlari mamlakat yoki mintaqangizda sotilmaydigan mahsulotlar uchun sotuvdan keyingi xizmatni taqdim eta olmaydi.

Xar hil holatlar

3.1 Amaldagi qonunlar talablari yoki ayrim mamlakat yoki mintaqalardagi logistika muammolari tufayli barcha hadyalar ham muvaffaqiyatli yetkazilmasligini tushunasiz va bunga rozilik bildirasiz. Bunday holatda, vivo hech qanday qonuniy javobgarliksiz bunday hadyalarni to‘xtatib turish huquqiga ega.

3.2 Ishtirok etish orqali siz quyidagilarga kafolat berasiz va tasdiqlaysiz: (a) siz mahalliy qonunchilikka binoan ushbu kampaniyada ishtirok etish huquqiga egasiz; (b) siz yuborilgan post(lar)ning yagona va ekskluziv egasisiz yoki sizga ruxsat berilgan; (c) siz yuborgan post(lar) hech qanday mulkiy huquqlarni, intellektual mulk huquqlarini, sanoat mulki huquqlarini, shaxsiy yoki ma’naviy huquqlarni yoki boshqa huquqlarni, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, mualliflik huquqi, savdo belgisi, savdo nomlari, sanoat namunalari, patent, tijorat siri, maxfiylik, oshkoralik yoki konfidensiallik majburiyatlari; (d) taqdim etilgan post(lar)da chiqadigan har qanday uchinchi tomonlar sizga bu yerda ruxsat etilgan tarzda suratga olish va foydalanishga tegishli rozilik bergan; (e) yuborilgan post(lar) amaldagi qonunlarni buzmasligi kerak.

3.3 Siz yuborgan post(lar) kamsituvchi, haqoratomuz, tahdid soluvchi, tuhmat qiluvchi, yerga uruvchi, bo‘hronli bo‘lmasligi yoki nomaqbul, shahvoniy, nopok, chalg‘ituvchi, asossiz da’voli, diskriminatsiya qiluvchi yoki biror guruh yoki shaxsga nisbatan nafrat yoki zararni targ‘ib qiluvchi har qanday kontentni o‘z ichiga olmasligi, tarkibida siyosiy, pornografik yoki zo‘ravonlik xarakteriga ega bo‘lgan yoki terrorizmni dastaklovchi deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday noqonuniy axborotlar bo‘lmasligi, vivo yoki uchinchi tomonga qaratilgan har qanday kamsituvchi so‘zlarni o‘z ichiga olmasligi yoki jamoat ijtimoiy tartibi va axloqiga putur yetkazmaydigan yoki boshqacha tarzda ushbu kampaniya mavzusi va ruhiga mos kelmaydigan bo‘lmasligi kerak.

3.4 Siz vivo va uning mansabdor shaxslari, direktorlari, xodimlari, agentlari, distributorlari va filiallarini uchinchi tomonning har qanday va barcha da’volari, talablari, majburiyatlari, xarajatlari yoki sarflari, jumladan, Qoidalarning 3.2- va 3.3-bandlarini buzganingiz natijasida kelib chiqadigan advokatlik to‘lovlari uchun tovon to‘lashga rozilik bildirasiz.

3.5 Shartlar va qoidalar turli tillarda mavjud bo‘lishi mumkin, siz vivo rasmiy kanali orqali e’lon qilingan inglizcha versiyasi har qanday nomuvofiqlik darajasida ustunlik qilishiga rozilik bildirasiz.

Maxfiylik va ma’lumotlarni himoyalash

4.1 vivo o‘z sovrinini topshirish uchun har bir g‘olibdan Shaxsiy ma’lumotlarni (jumladan, ism, telefon raqami va pochta manzili) oladi. vivo bunday shaxsiy ma’lumotlarni yuqorida keltirilgan qayta ishlash maqsadi uchun zarur muddat yoki siz yoki amaldagi qonunlar talab qilgan muddat davomida saqlaydi. Saqlash muddati tugagach, agar amaldagi qonunlar va normativ hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, vivo shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlaydi yoki anonimlashtiradi.

4.2 vivo yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun vivo tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslardan tashqari, g‘oliblarning Shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga sotmaydi, ulashmaydi yoki boshqacha tarzda oshkor qilmaydi. Ism, telefon raqami va pochta manzilingiz shifrlanishi va AGENDA (Beijing) Limited Guangzhou Branch (vivo kompaniyasining Xitoydagi ijtimoiy tarmoq hisoblar bo‘yicha xizmat provayderi) tashkilotiga o‘tkazilishi mumkin. Unutmang, vivo yuqorida keltirilgan xizmat provayder(lar)i bilan ma’lumotlarni himoyalash kelishuvini imzolagan va ular ma’lumotlaringizni vivo standartidan kam bo‘lmagan standartda himoya qiladi. Aks holda, vivo ma’lumotlaringizni faqat qonuniy jarayon yoki amaldagi qonunlarga muvofiq vakolatli organ so‘roviga javoban talab qilinganda ulashadi. vivo xalqaro miqyosda ishlashi sababli shaxsiy ma’lumotlaringiz butun dunyo bo‘ylab vivo tashkilotlariga uzatilishi yoki ushbu tashkilotlar ularga kirishi mumkin. vivo ma’lumotlaringiz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar himoya qilinishini ta’minlash uchun mamlakatlar orasida shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga oid qonunlarga amal qiladi.

4.3 Bu Shartlarda keltirilgan barcha amaliyotlar batafsil axborot olishingiz mumkin bo‘lgan vivo Maxfiylik siyosatiga (https://www.vivo.com/global/about-vivo/privacy-policy) muvofiq amalga oshiriladi.