• 5000 mA*soat hajmli batareya
  • AI juft kamera
  • Yon qirradagi barmoq izi skaneri
Halo FullView™ Display
Y12s 6,51 duymli HD+ (1600×720) aniqlikdagi Halo FullView ™ displeyiga ega; ham videolar, ham oʻyinlar uchun keng va immersiv koʻoʻrinishni taʼminlaydi. Ekran shuningdek, koʻzning charchashini oldini olish uchun zararli koʻk nurni filtrlaydi.
Halo
2.5D korpusning jozibador ranglari
Nebula Blue (Moviy Nebula) moviy va binafsha osmon ranglarini birlashtiradi. Yorugʻlik u boʻylab zavq-shavq bilan va ertaknamo tarzda harakat qiladi; ulkan samo boʻylab yulduzlar chaqnashi kabi.
Yon qirradagi barmoq izi skaneri
vivoning Yon qirradagi barmoq izi skaneri dizayni barmoq izlari skanerini quvvat tugmasi bilan birlashtiradi - shu sababli siz telefoningizni bir vaqtning oʻzida yoqishingiz va qulfdan chiqarishingiz mumkin. Ushbu dizayn Y12s modelini silliq va zamonaviy koʻrinishga olib keladi, shu bilan birga foydalanuvchilarning oʻzaro ta'sirini osonlashtiradi. Yorqin ekrandan qulfni ochish uchun vaqt 0,23 soniyani tashkil etadi – deyarli koʻrishga ulgurmaysiz.
y12
5000 mA*soat hajmli batareya
Y12s modeli 5000 mA*soat hajmli (TYP) batareyaga ega, u sunʼiy intellektli quvvatni tejash texnologiyasi bilan quvvatlanadi; kundalik hayotingizni boyitadi. Bir martalik toʻliq quvvat 16,3 soatgacha onlayn HD kinostreamni koʻrish yoki 8,9 soat davomida resurs isteʼmol qiluvchi oʻyinni oʻynash imkonini taqdim qiladi. U, shuningdek, 5V/1A Revers quvvatlash sistemasi bilan taʼminlangan, yaʼni sizning Y12s telefoningiz quvvatlovchi mobil qurilma kabi boshqa qurilmalarni quvvatlash imkonini beradi.
AI juft kamera
AI juft kamera har kuni tasvirga olish uchun moʻljallangan turli xil funksiyalar, jumladan, Face Beauty va fotofiltrlar bilan dastaklanadi. 13MP orqa kamera va f/2.2 keng apertura bilan har bir tasvirga olingan narsa yorqiraydi.
Bokeh Camera
Now, portraits not only look more alive, they also boast greater depth.
Portret kamerasi
2MP portret kamerasi bizning yangilangan boke algoritmimiz tufayli tiniq va mukammal natija beradi. Portretlar endi nafaqat jonliroq koʻrinadi, balki chuqurroq koʻrinish bilan oʻziga rom etadi.
Face Wake funksiyasi
vivo brendining Yuz bilan ochish funksiyasi telefoningizni yuzingizga qarab tanishi bilan blokdan chiqaradi. Yon qirradagi barmoq izi skaneri bilan juftlashtirilganda, telefoningizga kirish bunchalik aqlli va qulay boʻlmagan.
Multi-Turbo 3.0
Bizning ekskluziv Multi-Turbo 3.0 oʻyinlarda tebranishni va kechikishni kamaytirish uchun asosiy tasvirlarni maqbullashtirishga eʼtibor qaratishi mumkin. Bundan tashqari, protsessor va ichki xotira resurslarini ajratish va ustuvorligi taʼminlashga - ayniqsa, juda koʻp dastur bir vaqtning oʻzida fonda ishlayotganda shuni maqbullashtirishga qaratilgan.
Funtouch OS 11
AI albomlar
Xotiralar
Xotiralar fotosuratlaringizni vaqti, joylashuvi, hodisasi boʻyicha guruhlashtirishga yordam beradi. Qaysi fotosuratlaringizni yangi va innovatsion yoʻllar bilan birlashtirish, shu bilan yanada yaxshiroq xotiralaringizni tartiblashni kashf qiling.
iManager
Sizning mobil yordamchingiz
Eʼtiborli iManager vivo foydalanuvchilarini zerikarli kundalik vazifalardan forigʻ qiladi. Telefoningizni tozalash yoki muammolarni skanerlash kabi vazifalarini kechqurunga sozlab qoʻying. Kechasi miriqib uxlayotgan paytingizda iManager telefoningizni yaxshi holatda saqlaydi.
Ogohlantirish:
  • 1. Diagonal ravishda oʻlchanganda, toʻliq toʻgʻri burchak ostida ekran oʻlchami 6,51 duymni tashkil etadi. Haqiqiy ekran hajmi bir oz kichikroq.
  • 2. Mahsulotning keltirilgan rasmlari va xususiyatlari faqat maʼlumot uchun, ekrandagi tasvirlar simulyatsiya qilingan va faqat namoyish uchun moʻljallangan. Faqat haqiqiy mahsulotni etalon sifatida qabul qiling.
  • 3. Barcha maʼlumotlar bizning texnik parametrlarimiz, laboratoriya sinov natijalarimiz va yetkazib beruvchining sinov maʼlumotlariga asoslangan. Haqiqiy ishlash quvvati dasturiy taʼminotga, maxsus sinov muhitiga va telefon modeliga bogʻliq. Ushbu sahifada keltirilgan barcha qiyoslashlar faqatgina vivo mahsulotlariga taalluqlidir.
  • 4. Ayrim texnik parametrlar yoki mahsulotning ayrim qismlari yetkazib beruvchining kiritgan oʻzgartirishlari yoki boshqa mahsulot partiyasi farqlanishi tufayli, vivo oldindan xabardor qilmasdan ushbu sahifadagi tavsiflarni yangilashi mumkin. Foydalanishdan avval ushbu sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing.
  • 5. Kameraning turli rejimlarida piksellar qiymati foydalanish maqsadiga qarab oʻzgarishi.
  • 6. Koʻk nurni filtrlash funksiyasi uchun koʻzni himoya qilish rejimini yoqish kerak.
  • 7. 0,23s bu yon qirradagi barmoq izi skaneri bilan qulfdan chiqarish vaqtidir, bu qiymat vivo laboratoriyalaridan olingan. Ekran yoniqligida qulfdan chiqarish vaqti 0,23s va ekran oʻchiqligida 0,32s. Haqiqiy ishlash tezligi haqiqiy atrof-muhitga qarab farqlanishi mumkin.
  • 8. Onlayn oʻynash vaqti: Toʻliq quvvatda, 4G tarmoq aloqasi, 150cd/m² ekran yorqinligi va 63dB(A) tovush bilan, Y12s standart sozlamalarda PUBG oʻyinini uzluksiz 8,9 soatgacha oʻynashi mumkin. Muayyan sharoitlarga qarab oʻyin oʻynash vaqti farqlanishi mumkin.
  • 9. Onlayn videoni oqimli uzatish vaqti: Toʻliq quvvatda, 4G tarmoq aloqasi, 150cd/m² ekran yorqinligi va 63dB(A) tovush bilan, Y12s uzluksiz tarzda YouTube videolarini 16,3 soatgacha ijro qilishi mumkin. Muayyan sharoitlarga qarab oqimli uzatish vaqti farqlanishi mumkin.
  • 10. Standart batareya hajmi 5000 Ma*soat va nominal batareya hajmi 4910 Ma*soat.
  • 11. Teskari quvvatlash uchun OTG kabeli kerak, bu kabel alohida sotib olinadi.
  • 12. OTG funksiyasidan foydalanishdan avval uning Sozlamalar boʻlimidan yoqib qoʻyishni unutmang.
  • 13. Center Turbo va AI Turbo barcha modellarda ishlaydi.