Bosh sahifa

>

Qo'llab-quvvatlash

>

Kelajak

vivo haqida

vivo bu smartfon ishlab chiqaruvchi global kompaniya boʻlib, Xitoy (Dunguan, Shenchjen, Nankin, Pekin, Xanchjou va Chunsin), Hindiston, Indoneziya va AQSHda (Silikon vodiysi va San-Diyego) ishlab chiqarish obyektlariga hamda tadqiqot markazlariga ega. Tashkil etilganidan buyon oʻtgan yillar davomida vivo yirik smartfon bozorlarida, jumladan Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyoda (Indoneziya, Malayziya, Vyetnam, Tailand, Myanma va Filippin) oʻz oʻrniga ega boʻldi. 2017-yildan vivo boshqa hududlarga, jumladan, Gonkong, Makao, Tayvan, Janubi-sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga ham kirib, kengaymoqda.

Xodimlar haqida qisqacha:


Jami 40 000 nafardan ortiq xodim  

Oʻrtacha yoshi – 29 

Eng yosh direktorning yoshi – 29  

Eng yosh menejerning yoshi – 23  



Xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish

Biz vivoda ishlayotgan xodimlarimizni oʻqitish va malakasini oshirishni juda muhim deb hisoblaymiz. Biz ularni turli oʻquv kurslari, kasbiy yuksalish uchun yaxshi imkoniyatlar hamda malakasini oshirish uchun keraklicha vaqt bilan taʼminlaymiz.


 

Daromad va ijtimoiy taʼminot

Xodimlarni munosib taqdirlash maqsadida vivo har yili sohadagi maosh va imtiyozlarni oʻrganish tadqiqotlarida qatnashadi. Shuningdek, bizda barcha lavozimdagi xodimlar uchun samaradorlikdan kelib chiqib, bonus berish tizimi ishlab chiqilgan. Eng faol xodimlarga yuqori chegarasi belgilanmagan bonuslar hamda unikal oʻquv tizimini taklif etamiz.

Ijtimoiy taʼminot (hududga qarab)

●Xizmat safarini qoplash    

●Bepul tibbiy xizmat    

●Pensiya    

●Koʻngilochar va sport tadbirlari    

●Turarjoy xarajatlari    

●Tavallud kuni va bayram sovgʻalari    

●Uy sotib olishda subsidiyalar    

●Uy narxini qoplash    

●Yangi xodimlarga subsidiyalar    

●Kollektivni rivojlantirish fondi    

●Oylik maosh + yil oxirida bonus + aksiya/sotib olish huquqi    


Mehnat madaniyati

vivo bu yosh va samimiy xodimlardan tashkil topgan doʻstona va xayrixoh katta oiladir. Biz iyerarxiyaga emas, balki faoliyatga diqqat qaratamiz. Barcha xodimlarga shaxsiy rivojlanish uchun toʻliq erkinlik va imkoniyat beriladi.

Korporativ madaniyat

Missiya:

Gullab-yashnagan global korporatsiyaga aylanish

Asosiy qadriyatlar:

Halollik, jamoat ruhi, aʼlo sifat, doimiy oʻrganish, innovatsiya, mijozga moslashish

Maqsad:

· 

●Mijozlarga: Yuqori sifatli mahsulotlar va aʼlo xizmat taqdim etish

· 

· 

●Xodimlarga: Hurmatga asoslangan, doʻstona ish muhitini yaratish va saqlab qolish

· 

· 

●Biznes hamkorlarga: Ikki tomonlama foydali, halol va teng hamkorlik platformasini yaratish

· 

· 

●Aksiyadorlarga: Oʻrtachadan yuqori dividend toʻlash

· 

Ish muhiti

Biz xodimlarimizni qulay ish muhiti bilan taʼminlaymiz. Xodimlarimiz uchun turli qulayliklar mavjud: xodimlar uchun oshxonada mazali taomlar va yoqimli muhit, keng basketbol maydoni, zamonaviy mashq zali, stol tennisi xonasi va bilyard stollari – vivo doirasida hayotingizni boyitish uchun hamma narsa bilan taʼminlaymiz.